Özbekiston Respublikasi prezidenti “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantiriş va oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Qarorda qayd etilişiça, 2017 yilda elektrotexnika sanoatiga kiritilgan investitsiyalarning salmoği respublika böyiça umumiy investitsiyalarning atigi 0,8 foizini, YaIM tarkibida elektrotexnika mahsuloti işlab çiqariş hajmi esa 1,5 foizni taşkil etdi.
Sanoatda xomaşyo bazasining çegaralanganligi xorijiy analoglari bilan soliştirganda uning tannarxi oşişiga sabab bölmoqda. Şu bilan birga, xomaşyo, materiallar va butlovçi buyumlarning importida qöşilgan qiymat soliği muddatini keçiktirişga imkon yaratiş va hisobga oliş mexanizmining mavjud emasligi eksport qiluvçi taşkilotlarning aylanma mablağlari boşqa maqsadlarga jalb qilinişiga va xarajatlarning oşişiga olib kelmoqda.
Hujjat bilan elektrotexnika sanoati korxonalari, “Özeltexsanoat” AK aksiyadorlarining umumiy yiğilişi, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining:
“Özeltexsanoat” AK negizida uning mol-mulki va davlatga tegişli boşqa vositalarni, şuningdek, debitor va kreditor qarzdorligini (“Özeltexsanoat” AKga tegişli xöjalik jamiyatlarining köçmas mulki va ustav kapitalidagi aksiyalar paketi (uluşi) bundan mustasno) ötkazgan holda Özbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyuşmasini taşkil etiş;
“Özeltexsanoat” AKga tegişli xöjalik jamiyatlarining köçmas mulki va ustav kapitalidagi aksiyalar paketi (uluşi)ni Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasiga ötkaziş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.
Quyidagilar:
ixtiyoriy asosda a'zo bölgan elektrotexnika sanoati korxonalari va taşkilotlari “Özeltexsanoat” uyuşmasi a'zolari hisoblanişi;
ijro apparatining tuzilmasini tasdiqlaş “Özeltexsanoat” uyuşmasi ta'sisçilarining umumiy yiğilişi qarori bilan amalga oşirilişi;
“Özeltexsanoat” uyuşmasi raisi va uning örinbosarlari ta'sisçilarning umumiy yiğilişi qarori bilan saylanişi;
“Özeltexsanoat” uyuşmasi faoliyatini joriy ta'minlaş va moliyalaştiriş “Özeltexsanoat” uyuşmasi a'zolarining badal va ajratmalari hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşirilişi ma'lum qilindi.
















