O‘zbekiston | 12:20 / 06.01.2019
23143
3 daqiqa o‘qiladi

Amirsoy tog‘-chang‘i kurorti ochilishi bir yilga kechikdi

Foto: Amirsoy / Facebook

Amirsoy tog‘-chang‘i kurortining ochilishi kechiktirilgan. Kurortning Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma'lum qilinishicha, ochilish 2019 yilning dekabriga rejalashtirilmoqda.

«Bu qaror texnik va boshqa masalalar bilan bog‘liq. Loyiha ko‘p yillar davomida tog‘da faoliyat ko‘rsatadi, oldimizdagi vazifa esa uni asosli qilib tayyorlashdir. Yarim yil - bir yil, bu unchalik katta muddat emas, biroq biz uchun muhim tanaffus, boisi bu yerda kurort va umuman mamlakat imidji masalasi turibdi», deyiladi kompaniya vakili ma'lumotida.

Qayd etish kerakki, ushbu kurort ochilishi dastlab 2018 yil 15 dekabriga mo‘ljallangandi, biroq dekabr oyiga kelib muddat o‘zgardi va o‘rindiqli dor yo‘li 2019 yil yanvarida ishga tushishi ma'lum qilindi.

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi bu kechikish bo‘yicha izoh berib, «yuzaga kelgan murakkabliklar» sababli o‘rindiqli dor yo‘li ham (kanat), kabinali dor yo‘li ham foydalanishga topshirishning imkoni bo‘lmagani, o‘rindiqli dor yo‘lini 2019 yil yanvaridan avval ishga tushirib bo‘lmasligini, kabinalisini ishga tushirish uchun 2019 yil oxirigacha kutish kerakligini tushuntirishdi.

Foto: Amirsoy  / Facebook

Amirsoy — bu O‘zbekistonning jahon darajasidagi ilk tog‘-chang‘i kurortidir. Loyiha qurilishi uch bosqichni o‘z ichiga olgan: turli murakkablikdagi tog‘-chang‘i trassalari tarmog‘ini yaratish, yettita dor yo‘li, snoubord-park, yaxmalak maydonlarini qurish. Loyiha Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 900 ga maydonni egallab, turli murakkablikdagi tog‘-chang‘i qorli trassalari tarmog‘ini yaratishni ko‘zda tutgan. Trassalarning umumiy uzunligi 21,3 km bo‘lib, shuningdek 7ta osma dor yo‘li (kanat), snoubord parki, sport maktabi va boshqa kurort infratuzilmasi yaratilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 100 million yevrodan ortiqroqqa baholangan.

Qurilish ishlari 2022 yilda to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid