2019 yilda kelişilgan öyinlarga qarşi jiddiy kuraş boşlanadi. Bu haqda ÖFA rasmiy saytida ma'lum qilingan.
«Mamlakat futbolini oyoqqa turğaziş yölida qator çora-tadbirlar körilayotgan bölsa-da, şu sohadan non topayotgan, biroq futbolni botqoqqa botiriş, uning prinsiplarini mensimaslik, öz manfaati yölida jamoasi va hatto muxlislarini ham sotib yuboradigan kimsalar bor. 2019 yilda ÖFA hamda PFL bu kabi illatlarga va bunday jinoyatçi şaxslarga qarşi jiddiy kuraş olib boradi.
Ayni vaqtda Professional futbol ligasi kelişilgan öyinlarga qarşi kuraş yölida prokuratura va boşqa tegişli organlar bilan hamkorlikda işlaş masalasini körib çiqmoqda. Bungaça ÖFA qoşida yuqoridagi kabi işlarni aniqlaş maqsadida alohida bölim taşkil qilingandi. Mazkur bölim şubhali köringan va isboti jinoiy javobgarlikkaça tortiş uçun kamlik qiladigan qator ma'lumotlar töpladi. Ammo, kelişilgan öyinlar borasidagi noxuş xabarlar, muxlislarning bunday öyinlarga bölgan e'tirozi kamayib qolmadi. Endi esa ÖFA işni yuqoridagi kabi organlarga topşiriş niyatida.
Bunda bir jihatga e'tibor qaratiş kerak böladi. Ayni holatda davlat organlari futbolning içki işlariga aralaşgan bölib çiqmaydi. Balki, ÖFA futboldagi illatlarni yöqotiş uçun organlar yordamiga öz xohişi bilan suyanayotgan sanaladi. Mazkur taşabbusni OFK ham, FIFA ham qöllab-quvvatlaydi.
Bungaça PFL kelişilganlikda gumon qilingan qator uçraşuvlar haqida ma'lumotlar qabul qilib olgandi. Mazkur jamoalar ertaga — 7 yanvar kuni rasman ogohlantiriladi. Garçi öşa uçraşuvlar kelişilganligi borasida aniq dalillar yöq bölsa-da, klub mutasaddilari buning uçun tuşuntiriş berişi şart.
PFL vakillari futbol olamida faoliyat olib borayotgan, totalizatorlarda iştirok etadigan, ba'zida sovrinlar ham yutişga ulgurayotgan ayrim mutaxassislar haqida faktsiz bölsa-da, tasavvurga ega. Agar ular faoliyat olib borayotgan jamoa haqida OFK yoki boşqa taşkilotlardan gumonlanuvçi öyinlar borasida ma'lumot kelib tuşsa, ÖFA rahbariyati ularni asossiz ham futboldan çetlaştiriş işini körib çiqadi. Mana şunday noinsof kişilarning 4-5 nafari futbol bilan bir umrga xayrlaşsa, futbol rivoji töxtab qolmaydi. Muhimi, uning içi bir qadar tozalanadi va qolgan ayrim kişilar oz bölsa-da insofga keladi.
Şuningdek, quruq gaplar emas, aniq faktlari bölgan, kelişilgan öyinlarni oçişda yaxşi ma'lumotlari bor bölgan futbolçilar, murabbiylar va klublar rahbarlari bu haqda ma'lumot berişlari söraladi. Ularning şaxsi imkon berguniça sir tutiladi, ommaga oşkor qilinmaydi. Mana şunday pastkaşlikka burkangan işlar aniqlangudek bölsa, PFL bu işga hissa qöşganlarni mukofotlaşga ham tayyor. Mamlakat futboli rivoji uçun barçamiz birdek mas'ulmiz», deyiladi

















