2019 yilgi Özbekiston çempionatida 12ta klub ğoliblik uçun kuraş olib boradi va u yangi formatda ötkaziladi, deb xabar beradi PFL.
2018 yilgi mavsumda Superliga bellaşuvlari “oltin oçko” qoidasiga köra ötkazilgan va klublar jami 32ta öyinda maydonga tuşgandi.
Professional futbol ligasi 2019 yilda 12ta klub uçun işlab çiqilgan yangi formatni sinab körişga qaror qildi. Unga köra, jamoalar uy-safar tizimida jami 22ta tur öyinlarini ötkazadi. Qolgan 11ta tur esa 22-turdan keyingi turnir jadvaliga qarab tuzib çiqiladi.
Bunda 1-örinni qölga kiritgan klub uçinçi davrada 2-örin sohibini öz uyida qabul qiladi hamda 3-örin maydoniga safar etadi. 4-örin egasini öz uyida qabul qiladi va 5-örinni egallagan klub maydoniga safar etadi. Şu tariqa istalgan jamoa 22-tur yakuniga köra özidan keyingi örinda turgan klubni öz maydonida qabul qiladi va keyingisining maydoniga safar etadi.
Bu formatda jamoalar mavsum oxiriga qadar ikkiga ajratilmaydi. Klublar işlagan oçkolari saqlanib qoladi. Uçinçi davra taqvimi 22-tur yakuniga yetganidan söng muxlislarga havola etiladi. Turlar ketma-ketligi yil avvalida taşlangan qur'a qanday köriniş olgan bölsa, 33-turga qadar şu ketma-ketlikda qoladi.
PFL hamda ÖFA çempionatning avvalgi formati özini oqlamagani uçun emas, ikki yölni soliştiriş uçun ham şunday qarorga keldi. Agar 2020 yilda ham jamoalar soni 12ta bölib qolaversa, u holda sönggi ikki yildagi formatdan qay biri yaxşiroqligi borasida katta sörovnoma ötkaziladi. U vaqtda ikkita formatni soliştirib oliş imkoniyati böladi.


















