Kun.uz tahririyatiga tadbirkorlardan navbatdagi murojaat Navoiy viloyati Karmana tumanidan kelib tuşdi.

«Issiqxonalarimizda yetiştirilayotgan bodringni hali hosilga kirmasidan sovuq urib ketdi. Sababi, sovuq kunlar tuşganda «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJ tomonidan öz vaqtida issiqlik yetkazib berilmadi. 100 gektarga yaqin maydonga ekilgan bodring nihollari uvol böldi. Köplab tadbirkorlar katta zarar kördi», – deyiladi murojaatda.

Mazkur holatni örganiş maqsadida Karmana tumanida issiqxona taşkil qilgan va bu yil ekilgan nihollarini sovuq urib, katta zarar körgan tadbirkorlar bilan suhbatlaşdik.

«Bu yil dehqonçiligimiz katta zarar kördi. Issiqlik energiyasi vaqtida berilmadi va issiqxonaga ekilgan bodringlarni sovuq urib ketdi. Qaytadan ekişga majbur böldik. Ammo qayta ekindan ham hosil olişimiz dargumon. Sababi, issiqlik yetkazib berişda muammolar bor. Bir gektarga ekkandik. Köp xarajat qilgandik. Hammasi zoye ketdi», — deydi «Şahnozabegim» MÇJ rahbari Şahnoza Karimova.

«2009 yilda 9 gektar maydonga issiqxona taşkil qilganman. Bu yil 7 gektarga bodring ekkan edim. Afsuski, sovuq urib ketgani uçun barça xarajatlarga kuydim. Qayta ekişga ham imkonimiz qolmadi. Har yili 30–40 kişini iş bilan ta'minlab, yaxşi maoş berardik. Bu yil «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJ tomonidan issiqlik energiyasi vaqtida berilmadi. Hosilga kuydik, işçilarga javob berib yubordik», — deydi «Marziyaxonim» MÇJ rahbari Şafoat Nurillayeva.

Bir neça issiqxona egalari bilan suhbatlaşganimizda ham barçasi şu mazmundagi e'tirozlarini bayon qildi.

Ularning e'tirozlari qançalik haqli? 100 gektarga yaqin yer maydoniga ekilgan issiqxonalardagi bodring nihollarini sovuq urib ketişida kim aybdor?

Şu kabi savollarga javob oliş uçun mutasaddi rahbarlar bilan uçraşdik.

Dastlab «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJ boş direktori Qahramon Ğaniyev bilan suhbatlaşdik.