2030 yilga borib, eng yengil metall - litiyga bölgan talab 38 baravar oşib ketişi taxmin qilinmoqda. Bunga ta'sir etuvçi omil esa elektromobil va smartfonlarning işlab çiqarilişi bilan boğliq.
Yunon tilidan «toş» ma'nosini beruvçi litiy metallar içida eng yengil, kumuş rangdagi talabgir modda kimyoviy element hisoblanadi. Undan foydalaniş XIX asr boşida ommalaşdi, XX asr oxiriga kelib, litiy sanoatning deyarli barça sohasida işlatila boşlandi. Asosan metallurgiya, aviasanoat, yadro energetikasi, oyna işlab çiqariş, keramika va hatto psixik moddalar tayyorlaşda ham litiydan foydalaniş mumkin. Ammo u, birinçi galda, akkumulyatorlar işlab çiqarişda qöl keladi. Mahsulotning energohajmini oşiradi va tovar tannarxi arzonlaşadi.
Elektromobillarni işlab çiqariş kabi texnologik inqiloblar litiyga bölgan talabni oşirmoqda. Şuningdek, har qanday uyali elektrotexnikaning akkumulyatori ham litiy bilan quvvatlanadi. Muqobil energiya turini afzal körayotgan Germaniya uçun ham litiy muhim xomaşyo hisoblanadi. Natijada bu metallni endi «oq» yoki «yangi» neft, deb ataş urf böldi, element narxi esa oşişda davom etyapti. Litiy bozorida nimalar yuz bermoqda va nima uçun «litiy uruşi»ga tayyor turiş kerak?
Zaxira va işlab çiqariş
Birinçidan, litiy kamyob, barça hududda topiş qiyin bölgan metallar oilasiga mansub. Uning umumiy zaxirasini aniq aytiş qiyin, lekin turli manbalarda litiy zaxirasi 18-40 million tonna atrofida ekani ta'kidlanadi. Hozirça, eng katta zaxira Çilida – 7,5 million tonnaga yaqin bölib, aniqlangan zaxira böyiça dunyoning kuçli beşligi Xitoy, Avstraliya, Argentina va Portugaliya bilan tugaydi.
Litiy işlab çiqaruvçi Çilining SQM, AQŞga tegişli Albermarle va FMC şu yönalişda «katta uçlik













