O‘zbekiston | 17:33 / 08.01.2019
14983
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston jahon pasportlari indeksida o‘z pozitsiyasini biroz yaxshiladi

Foto: KUN.UZ

Henley & Partners jahon pasportlari yangi indeksini e'lon qildi, unda dunyoning 200dan ortiq davlati va hududlarining viza qoidalari tahlil qilinadi hamda vizasiz kirish mamlakatlari soni bo‘yicha ro‘yxat tuziladi.

O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini ikki o‘ringa yaxshilab, 82-pog‘onadan 80-o‘ringa ko‘tarildi. Respublika fuqarolari vizasiz 58 mamlakatga tashrif buyurishi mumkin. Yana beshta mamlakatda ham xuddi shunday ko‘rsatkich: Tojikiston, San-Tome va Principi, Mozambik hamda Mavritaniya.

MDH mamlakatlari orasida Ukraina eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi (41-o‘rin, 128 mamlakat), undan keyin Moldova (46-o‘rin, 122 mamlakat) va Rossiya (47-o‘rin, 119 mamlakat) joylashdi. Markaziy Osiyoda Qozog‘iston eng yuqori ko‘rsatkichga ega (69-o‘rin, 76 mamlakat).

Yaponiya hamon yetakchilik qilmoqda, ushbu davlat fuqarolari vizasiz 190 mamlakatni ziyorat qilishlari mumkin. Ikkinchi o‘rinni Singapur va Janubiy Koreya (189 davlatdan) bo‘lishib oldi, uchinchi pog‘ona - Germaniya va Fransiyada (188 mamlakatdan).

Muqaddam Viza cheklovlari indeksi sifatida mashhur bo‘lgan Pasportlar indeksi Henley & Partners kompaniyasi tomonidan Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) bilan hamkorlikda 2006 yildan beri e'lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda fuqarolarga pasport xizmati ko‘rsatish tizimini soddalashtirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid