Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining 12 ta shtat birligi Sudyalar oliy maktabiga o‘tkaziladi.
Oliy maktab sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudi zimmasiga Oliy maktabni har tomonlama rivojlantirishga ko‘maklashish yuklandi.
Oliy maktab Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uyda joylashtiriladi.











