Fotoreportaj: Andijon xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan harbiy vatanparvarlik oyligi joylarda keng nishonlamoqda
Andijon viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tizimidagi umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha” shiori ostida harbiy vatanparvarlik oyligi davom etmoqda.
Andijon shahri va Andijon tumanida bo‘lib o‘tgan keng qamrovli tadbirlar xalq ommaviy sayliga aylanib ketdi.
Tadbirlarda umumiy o‘rta ta'lim muassasalari direktorlari, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilar, o‘quvchilar, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi sinf o‘quvchilari, shuningdek, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va hududdagi harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘zlarining chiqishlari bilan ishtirok etmoqda.
Har ikki tantanada harbiy parad tashkil etildi. Dasturlardan o‘rin olgan bir qator ma'naviy-ma'rifiy va sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirlarda 10 mingdan ziyod ishtirokchi va tomoshabinlar qatnashdi.
Andijon tumanida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, harbiy vatanparvarlik oyligini viloyatning har bir hududida ko‘tarinki ruhda o‘tayotganini ta'kidladi.
Andijon shahridagi tadbirlar davomida “Bolalar shaharcha”sida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilarining “Vatan tinchligi va obodligi bolalar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi tashkil etildi. Shuningdek, harbiy yakka kurash va qo‘l jangi san'ati turlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
“Bolalar shaharchasi” amfiteatrida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun “Ahdimdasan, madhimdasan, jonajon Vatan!” shiori ostida safda yurish va saf qo‘shiqlari ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Boshqarma tizimidagi ta'lim muassasalarida oylikni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar davom etmoqda.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024