Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Liga Kubogini sensatsion ravishda tark etdi
Foto: Jeroen Meuwsen/Soccrates/Getty Images
Fransiya Ligasi kubogining 1/4 finalida «PSJ» «Gengam»ni qabul qildi. Parijdagi «Park de Prens» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mehmonlar safida Yyeni Atito Ngbakoto va Mark Tyuram bittadan gol urishdi. Parijliklarning yagona goliga Neymar mualliflik qildi.
Qayd etish kerakki, mehmonlar ikkinchi bo‘limda 3 marta penalti tepishdi. Avvaliga, fransiyalik sobiq futbolchi Lilian Tyuramning o‘g‘li bo‘lmish Markus Tyuram 61-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan foydalana olmadi. Bir daqiqa o‘tib Neymar hisobni ochdi. 81-daqiqada Yyeni Atito Ngbakoto penaltida adashmadi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Tyuram xatosini tuzatdi, u o‘zi penalti ishlab, uni aniq amalga oshira oldi - 1:2.
Shu tariqa, ayni vaqtda Fransiya chempionati turnir jadvalida 20-o‘rinda borayotgan «Gengam» sensatsion ravishda «PSJ»ni turnirdan chiqarib yubordi. Bungacha parijliklar 5 yil davomida turnirda g‘olib bo‘lishayotgandi.
Bu «PSJ»ning Fransiyadagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Bungacha Tomas Tuxel jamoasi 27 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandi. Jamoa mavsumda faqat YeChL doirasida «Liverpul»ga safar uchrashuvini boy bergandi.
1/4 final doirasidagi boshqa uchrashuvlarda «Bordo»«Gavr»ni yengdi (1:0) va yarim finalga chiqdi.
Bungacha «Strasburg» «Lion»ni (2:1), «Monako» «Renn»ni (1:1, penaltilar seriyasi bo‘yicha – 8:7) yengib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Fransiya Ligasi kubogi
PSJ - Gengam 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 62 Neymar, 1:1 – 81, penalti Ngbakoto, 1:2 – 90, penalti Tyuram.
PSJ – Areolya, Kerer, Tiago Silva, Bernat, Markinos (Verratti, 46), Di Mariya (Kavani, 46), Draksler (Dani Alves, 75), Diabi, Mene, Neymar, Mbappe.
Gengam – Yunsson, Traore, Kerbra, Reboshu, Eboa-Eboa, Koko (Rodelen, 90), Blas (Dido, 75), Firi, Do, Tyuram, Mendi (Ngbakoto, 73).
Ogohlantirishlar: Kavani (90), Verratti (90), Neymar (90).
Bordo – Gavr 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 70 Kalu.
Bordo – Pussen, Kunde, Pundjye, Sabali, Yovanovich, Vada (Brian, 62), Otavio, Kalu, Lerager, Karamo (de Previl, 90), Kornelius (Bashich, 80).
Gavr – Balijon, Ben, Kamara, Beshe, Ferxat, Mayyembo, Bask (Assifua, 75), Lexal, Bonne (Fonten, 62), Gori (Abdelli, 79), Kadevere.
Ogohlantirishlar: Bask (29), Kalu (45), de Previl (90).
Mavzuga oid
12:24 / 27.11.2025
Mbappeda poker, «Liverpul»da yirik mag‘lubiyat. YeChLda kun o‘yinlari
23:18 / 17.11.2025
Mbappe va PSJ sudda bir-biridan 200 mln yevrodan ortiq talab qildi
12:28 / 02.10.2025
«Barsa» yutqazdi, «Siti» ochko yo‘qotdi. YeChLda 2-tur o‘yinlari
10:34 / 18.09.2025