Sobiq ittifoq oliy kengaşining oxirgi raisi Anatoliy Lukyanov 89 yoşda vafot etdi. Bu haqda uning qizi Yelena Lukyanova ma'lum qildi.  

Yelena Lukyanovaning aytişiça, uning otasi 9 yanvar Moskvada oğir kasallikdan keyin vafot etgan.

Lukyanov 1930 yil Smolenskda tuğilgan. 1943 yilda mudofaa zavodida işlaşni boşlagan. Maktabni uruşdan keyin 1948 yilda tamomlagan. 1953 yilda MGUning huquqşunoslik fakultetini tamomlagan. 1950-yillardan boşlab hokimiyat idoralarida işlay boşlagan. 

Lukyanov 1984 yilda sobiq ittifoq oliy kengaşi deputatiga aylangan. 1990 yil martida Mixail Gorbaçyov sobiq ittifoq prezidenti etib saylangaç, Lukyanov oliy kengaş raisi lavozimida uning örnini egallagan. 1991 yilda GKÇP işida iştirok etgan, şu sababli 29 avgustda hokimiyatni egallab olişga urinişdan keyin hibsga olingan. 1994 yilda GKÇPning qolgan iştirokçilari bilan birga amnistiya qilingan.   

Lukyanov sobiq ittifoqdan keyingi davrda ham Rossiya siyosiy hayotida iştirok etgan. 1994 yildan 2000 yilgaça Rossiya Federatsiyasi kommunistik partiyasi (KPRF) markaziy qömitasi prezidiumi tarkibiga kirgan.