Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi. Yazov Moskvada uzoq davom etgan oğir kasallikdan vafot etgan.
Yazov sobiq ittifoq marşali unvoni berilgan oxirgi harbiy qömondon hisoblanadi. Unga marşal unvoni 1990 yilda berilgan. Bundan taşqari, u sobiq ittifoqning oxirgi mudofaa vaziri bölgan va bu lavozimni 1987 yildan 1991 yilgaça egallagan. Yazov, şuningdek, Ikkinçi jahon uruşi faxriysi bölgan.
Yazov 1956 yilda Frunze nomidagi harbiy akademiyani tamomlagan. 1962 yilda Karib inqirozi vaqtida uning polki AQŞ armiyasining hujumini qaytariş uçun Kubada joylaştirilgan. Yazov 1980 yildan 1984 yilgaça, Afğonistondagi uruş boşlanişi vaqtida Örta Osiyo harbiy okrugi qöşinlariga qömondonlik qilgan. 1984 yilda Uzoq Şarq harbiy okrugiga boşliq etib tayinlangan.
1987 yilda general unvonida sobiq ittifoq mudofaa vaziri bölgan. 1990 yilda Mixail Gorbaçyov unga marşal unvonini bergan. Yazov 1991 yilda sobiq ittifoqning parçalanişiga olib kelgan voqealar vaqtida GKÇP (Favqulodda vaziyatlar böyiça davlat qömitasi) tomonda bölgan. Aynan uning buyruği bilan Moskvaga tanklar kiritilgan. Şundan keyin u iste'foga çiqarilib, hibsga olingan. U 1993 yilda GKÇPning boşqa a'zolari bilan birga ozodlikka çiqarilib, 1994 yilda afv etilgan.
Yazov iste'foga çiqqandan keyin Rossiya mudofaa vazirligida maslahatçi va boş nozir bölgan. 2020 yil 4 fevralda u Rossiyaning 3-darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlangan.

















