Manbada yozilişiça, aholisi 9,5 millionga yaqinlaşayotgan Tojikiston odamlari asosiy daromadini xorijda işlab topadi. Mamlakatda qişloq xöjaligi bilan şuğullansa böladigan yer zaxirasi juda kam, çunki hududining asosiy qismini toğ-toşlar taşkil etadi. Buning ustiga, mamlakat foydali qazilmalarga boy emas. Ana şu omillar hisobiga Tojikiston aholisi sobiq ittifoq respublikalari aholisi orasida eng kambağali bölib qolmoqda.
Xalqaro valuta jamğarmasi ma'lumotiga köra, Tojikistonda aholi jon boşiga hisoblaganda örtaça yillik daromad 833 dollarni taşkil qiladi. Taqqoslaş uçun, Qirğizistonda bu körsatkiç 1 147 dollarni, Özbekistonda 1 762 dollarni, Qozoğistonda 8 781 dollarni taşkil etadi. Turkmaniston haqida esa ma'lumot mavjud emas.
2019 yil Tojikiston yalpi içki mahsuloti hajmi 77,3 milliard somoniyni taşkil etdi (yil boşidagi kurs böyiça 7,9 milliard dollar). Bu mamlakatning jon boşiga taxminan 840 dollarga töğri keladi. Tojikiston aholisi 2020 yil boşida 9,3 million kişidan oşiqroq edi. Ayni paytda, XVJning oktabr oyida ötkazilgan «Jahon iqtisodiyotining rivojlaniş istiqbollari» hisobotida Tojikiston iqtisodiyotining ösişi ötgan yilgi 7,5 foizdan bu yil 1 foizgaça pasayişi prognoz qilinmoqda. XVJ iqtisodçilari 2021 yilda Tojikistonning iqtisodiy ösişini 6 foizgaça kötariladi deb taxmin qilmoqda.
Tojikiston hukumati yil boşida 2020 yilda mamlakat iqtisodiyoti 7,9 foiz ösişini reja qilayotgan edi, ammo pandemiya sabab iqtisodiy körsatkiçlar ham, prognozlar ham keskin pastlab ketdi.
Possovet hududida aholi jon boşiga örtaça yillik daromad eng yuqori körsatkiç Boltiqböyi mamlakatlarida: Estoniyada 23 ming dollar, Litvada 20 ming dollar, Latviyada 17,2 ming dollardan ortiq. Rossiyada bu körsatkiç 9 972 dollarni taşkil etgan. Keyingi örinlarda Belarus (6 133 dollar), Armaniston (4 314 dollar), Moldova (4 267 dollar), Ozarboyjon (4 124 dollar) va Ukraina (3 491 dollar) bormoqda.
XVJning sönggi ma'lumotlariga köra, dunyoning atigi törtta mamlakatida daromadlar aholi jon boşiga hisoblaganda 100 ming dollardan oşadi. Bular – Qatar (139 ming dollar), Makao (113 ming dollar), Lyuksemburg (112 ming dollar) va Singapur (105 ming dollar).
Aholi jon boşiga hisoblaganda eng past daromad Afrikaning uçta davlatida qayd etiladi: Kongo (661 dollar), Burundi (630 dollar) va Markaziy Afrika Respublikasida (368 dollar).

















