Toşkent şahrida yangi “Poytaxt bank” öz faoliyatini boşladi. Bank poytaxtda arzon uy-joylar sotib oliş va qurişga kredit ajratişga ixtisoslaşgan. Endilikda bu yerda 130 ga yaqin xodimlar mijozlarga xizmat körsatadi, deb xabar bermoqda şahar hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, bank töliq Toşkent şahar hokimligi tomonidan moliyalaştirilgan. Bankning afzalliklaridan biri, interaktiv xizmatlarning yölga qöyilganligi. Unga köra, mijoz hatto bankka kelmagan taqdirda ham hisob raqami oçilişi va boşqa xizmatlarni masofadan turib amalga oşirişi mumkin.

Yangi bank Toşkentda köp qavatli uylarni quriş va ta'mirlaş bilan şuğullanuvçi ixtisoslaşgan pudratçi taşkilotlarga kreditlar ajratiş va lizing xizmatlarini körsatiş, muhandislik infratuzilmalari sifatini yaxşilaşni közda tutuvçi loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşirişni moliyalaştirib, investitsion faoliyatni olib boradi, deyiladi xabarda.

Öz navbatida, Özbekiston Markaziy banki ma'lumotiga köra, bankning ustav kapitali 100 mlrd söm miqdorida belgilangan bölib, 100 foiz Toşkent şahar hokimligi tomonidan şakllantirilgan.

Bank kengaşi Raisi – Toşkent şahar hokimi mahkamasining Moliya boş boşqarmasi boşliği Lutfilla Nurullayeviç Ismatullayev. Bank boşqaruv raisi – Qaxramon Tursunoviç Aripov. Bank manzili: Toşkent şahri, Çilonzor tumani, Islom Karimov köçasi, 55-uy (Raqobat qömitasining sobiq binosi).

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi 2018 yil 29 dekabrda “Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyatiga bank operatsiyalarini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya beriş töğrisida qaror qabul qilgandi.