Telegram messenjerini işlab çiqqan Pavel Durov Telegram Messenger LLP kompaniyasini tugatişga qaror qildi. Dasturçi bu qarorni Telegram messenjeri Roskomnadzorning internetda ma'lumot tarqatişni taşkillaştiruvçilar röyxatiga kiritilgandan keyin qabul qilgan.
Bu röyxatga kiruvçilar Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga foydalanuvçilar yozişmalarini deşifrovkalaş kalitlarini taqdim qilişlari şart. Bundan taşqari, foydalanuvçilarning barça ma'lumotlari Rossiyada saqlanişi lozim.
Şu sababli Durov Buyuk Britaniya yuridik şaxslari davlat röyxatiga kompaniyasini tugatiş iltimosi bilan murojaat qilgan. Durov uşbu arizani 2018 yil 19 dekabrda topşirgan. Bu qaror Telegram’ning bloklanişiga ta'sir qilmaydi.
Mutaxassislarning fikriça, kompaniyaning tugatilişi Durov biznesi strukturasining özgartirilişi mumkinligi bilan boğlangan.
Kompaniya 2014 yil fevralda taşkil etilgan. Telegram messenjeri FXXning talabini bajarişdan boş tortiş sababli Rossiyada 2018 yil aprelida bloklangan. Messenjerni bloklaş Roskomnadzor söragan, javobgar Telegram Messenger LLP hisoblanadi.

















