O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Samarqanddagi yig‘ilish vaqtida prezident Vazirlar Mahkamasi tarkibida qisqartirishlar bo‘lishi, departamentlar butunlay tugatilishi haqida gapirgan.

«Vazirlar Mahkamasini 50 foizga qisqartiramiz. Bosh vazir o‘rinbosarlarining yarmi, departament boshliqlarining hammasi ketadi. Byurokratiya ishlashga to‘siq bo‘lyapti. Kim nima bilan bandligini bilaman. Vazir xalqqa hisobot beradigan qilamiz. Sessiyalarda hokim boshliq bo‘lmaydi, hokim deputat ham bo‘lmaydi. Bu noto‘g‘ri siyosat», degan prezident.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning 7 nafar o‘rinbosari bor.

Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov — Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi - Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti

Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti

Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov — Bosh vazir o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari.

Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti

Suxrob Rustamovich Xolmurodov — Bosh vazir o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi - Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari.

Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti

Nodir Sobirovich Otajonov