Urbanizatsiya (lotinça urbanus –şaharlik) jamiyat rivojida şaharlar, şahar madaniyati va şaharlarga xos boşqa munosabatlarning rivojlaniş jarayoni hisoblanadi. Urbanizatsiya qişloq aholi punktlarining şaharlarga aylanişi, şahar atrofi zonalarining kengayişi va qişloq aholisining şaharlarga köçib borişi hisobiga yuz beradi.
Bu jarayon yildan yilga tezkorlik bilan aks etib bormoqda. Masalan, 1800 yilda dunyo aholisining 2 foizi şaharlarda yaşagan bölsa, 1950 yilda bu körsatkiç 30 foizni, hozir esa 50 foizni taşkil qiladi. 2050 yilga borib esa yer şari aholisining 2/3 qismi şaharlarda yaşaşi kutilmoqda.
Urbanizatsiyaning öziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlari borligi barçaga ma'lum. Lekin bu – alohida mavzu. Şunisi aniqki, urbanizatsiyaning qay darajada ijobiy yoki salbiy ahamiyatga ega bölişi uning davlat tomonidan tartibga solinişi yoki solinmasligi bilan boğliq.
Soddaroq qilib aytganda, agar urbanizatsiya jarayonlari yetarliça tartibga solinmasa şaharlar aholisining soni va u yerda mavjud infratuzilma, uy-joy, iş örinlari soni örtasida katta tafovut paydo böladi. Bu esa, şaharning umumiy qiyofasini ayançli ahvolga olib kelişi bilan bir qatorda juda köplab ijtimoiy va iqtisodiy muammolar, masalan işsizlik, narx navoning ortişi, uy-joy tanqisligi, ta'lim va soğliqni saqlaş muassasalarining yetişmasligi kabilarni keltirib çiqaradi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni aynan ana şu muammolarning paydo bölişiga yöl qöymaslik, urbanizatsiya darajasini har tomonlama puxta öylab, aql bilan tartibga soliş uçun qabul qilindi.
Yangi taşkil etilgan Urbanizatsiya agentligining asosiy vazifasi ham aynan şu jarayonlarni tartibga solişdan iborat böladi.
Yerni xususiylaştirişdan maqsad nima?
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonining yana bir muhim tarixiy ahamiyati şundaki, 2019 yil 1 iyuldan boşlab jismoniy va yuridik şaxslarga özlariga tegişli uy-joylar, bino va inşootlar egallab turgan yer uçastkalarini xususiylaştiriş huquqi beriladi.
Yer uçastkalariga nisbatan xususiy mulk biz uçun mutlaqo yangi tuşunça emas. Amaldagi Yer kodeksida ham savdo va xizmat körsatiş obektlari xususiylaştirilayotganda ular egallagan yer uçastkalari bilan birgalikda xususiylaştiriş mumkinligi, şuningdek xorijiy diplomatik vakolatxonalar mamlakatimizda yer uçastkalarini xususiy mulk sifatida sotib olişlari mumkinligi nazarda tutilgan.












