Jamiyat | 17:43 / 14.01.2019
7512
1 daqiqa o‘qiladi

Uchtepada yong‘in: bir kishining jasadi topildi, yana bir inson kasalxonaga yotqizildi

Foto: Alaa Al-Marjani/Reuters

2019 yil 14 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashagan Ye.P. (ayol)ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda uyning 4 kv.m maydonida divani yonib, zarar ko‘rgan. 

Shu bilan birga, Ye.P.ning kuygan holdagi jasadi topilgan va uning uyida mehmonda bo‘lgan qo‘shnisi N.R. (ayol) tutundan zaharlanib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Aniqlanishicha yong‘in Ye.P. mast holda sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqan. 

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid