Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning magistral kanallariga tutash hududlarda kinoteatrlar tashkil etiladi
Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, Toshkent shahridan o‘tadigan kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha 2019 yilga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, magistral kanallarga tutash hududlarda zamonaviy landshaft me'morchiliklarini qo‘llagan holda tematik xiyobonlar shuningdek, amfiteatrlar va aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida madaniy ko‘ngilochar maskanlar ochish belgilangan.
Xususan, turistlar uchun shaharning jozibadorligini oshirish maqsadida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, jumladan sport va sog‘lomlashtirish (baydarka va kanoeda eshkak eshish, yugurish va velosiped yo‘laklari) maskanlari hamda yengil konstruksiyadagi umumiy ovqatlanish maskanlari, “Wi-Fi” hududlar va musiqali favvoralar barpo etiladi.
Shu bilan birga, kanallarga tutash hududlarda “Book cafe” “Open air” kinoteatrlari, “Ekstremal sport turlari”, “Sun'iy plyaj” loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, “Bo‘zsuv” kanalining Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida 800 metr masofada investorlar hisobidan “Gandola” qayiqlarida sayr qilish maskanlari ham tashkil etiladi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026