Rio Olimpiadasi çempioni, jahon çempionati kumuş medali sohibi, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Fazliddin Ğoibnazarov 18 yanvar kuni (Toşkentda 19 yanvar ertalab) dominikanlik boksçi Rikardo Garsiyaga qarşi ringga kötariladi.

Boksçimiz mazkur jang oldidan öz fikrlarini bildirib ötdi.

«Jangga tayyorgarlik yakunlandi. Maşğulotlar yuqori saviyada taşkil etildi. Raqibim kutilmagan vaziyatlarni taqdim etadi deb öylamayman. Özimni juda yaxşi his qilyapman, jarohatim yöq. Ertaga vazn ölçaş marosimi, bir kun ötib esa jang. Öz ğalabam bilan muxlislarni xursand qilmoqçiman», – deya sportçining sözlarini keltirgan MOQ matbuot xizmati.

Ma'lumot uçun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barçasini öz foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba ğalaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mağlub bölgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.