2018 yilda Afğonistondagi nizolar oqibatida 10 mingdan ortiq kişi halok böldi va jarohatlandi. Bu haqda Human Righs Watch taşkilotining rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Hisobotda aytilişiça, ötgan yilning oktyabrida mamlakatdagi parlament saylovlari ötkazilgan kunlari 400dan ortiq kişi halok bölgan yoki jarohatlangan.
Taşkilotning ma'lumotiga köra, 2018 yilda Afğonistonda 14 nafar jurnalist halok bölgan.
Ta'kidlanişiça, ötgan yili AQŞ va Afğoniston HHK aviazarbalari natijasida 600dan ortiq kişi halok bölgan yoki jarohatlangan bölib, ularning 60%i ayollar va bolalardir.
Hisobotda qayd etilişiça, "Viloyat Xuroson" jangari guruhi Afğonistondagi şialar jamoatçiligiga qarşi 2018 yil davomida köplab xurujlarni amalga oşirgan. Şuningdek, toliblarning hujumlari oqibatida yuzlab tinç aholi öldirilgan va yarador bölgan.













