Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tereza Mey Britaniya bosh vaziri lavozimini saqlab qoldi
Buyuk Britaniya parlamenti bosh vazir Tereza Meyning Yevropa Ittifoqi bilan Brexit bo‘yicha taklifini rad etgan bo‘lsa-da, hukumatga ishonch bildirdi.
Hukumatga ishonchsizlik bildirishga qarshi 325 deputat ovoz bergan, uni 306 deputat qo‘llab-quvvatlagan. Shu tariqa ustunlik bor-yo‘g‘i 19 ovozni tashkil qilgan.
Ishonchsizlik bildirish jarayoni muxolifat yetakchisi Jyeremi Korbin tashabbusi bilan o‘tkazilgan. U tegishli taklifni Brexit bo‘yicha kelishuvga 432 deputat qarshi ovoz berganidan, 202 nafari qo‘llab-quvvatlaganidan keyin bildirgan.
Parlamentning qarori Mey bosh vazir bo‘lib qolishini va 21 yanvarda Brexit bo‘yicha yangi harakatlar rejasini taqdim qilishini kerakligini anglatadi.
Korbin ovoz berishdan keyin Meyni Yevropa Ittifoqidan kelishuvsiz chiqish variantini xayoldan chiqarib tashlashga chaqirgan.
Mavzuga oid
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
17:26 / 23.06.2026