TIV Konsullik-huquqiy departamenti va çet eldagi konsullik muassasalari tomonidan 2018 yil davomida 414 361 ta konsullik harakatlari amalga oşirilgan. 

TIV xabariga köra, ular çet el fuqarolarining Özbekistonga kirişlari uçun viza beriş, biometrik pasportni almaşiş/beriş, vataniga qaytiş guvohnomasini berişi, fuqarolik holati dalolatnomalarini röyxatga oliş, notarial va boşqa harakatlarni amalga oşiriş bilan boğliq.

Konsullik-huquqiy departamentiga viza oliş böyiça 115 523 ta (2017-yilda - 108 502), apostil qöyiş böyiça 17301 ta (2017-yilda - 11.480), legalizatsiya böyiça 8 109 ta (2017 - 7 794) murojaat kelib tuşgan.

Amalga oşirilgan konsullik amallari hajmi böyiça Özbekistonning Turkmanistondagi elçixonasi (70.412), Rossiyadagi elçixonasi (30.611), Olma-ota şahridagi Boş konsulxona (26.137), Mozori Şarif şahridagi Konsulxona (19.896), Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi (19.378) yetakçilik qiladi.

Özbekistonga qaytiş uçun jami 36.798 ta (2017-yil – 32.733) guvohnoma rasmiylaştirildi. 

Pasport almaştiriş böyiça 5240 ta hujjat (2017-yil – 5,934) rasmiylaştirilgan.