Yoshligingizda onangiz kuchli ekanini anglash qiyin. Ulg‘aygach esa u o‘rgatgan qadriyatlarga qarab buni tushunishni boshlaysiz. 

U sizga berishi mumkin bo‘lgan eng muhim narsa – o‘zida mavjud bo‘lgan kuchni berish. Biroq bir necha boshqa qadriyatlar ham mavjud. Keling, kuchli onangizdan sizga o‘tgan xususiyatlarni birma-bir ko‘zdan kechiramiz.

1.  O‘z muammolaringizni mustaqil yechishga moyillik ko‘nikmasi

Kimdandir suv so‘raganingizda onangiz gapingizni bo‘ladi: «O‘z oyog‘ing yo‘qmi?» Yoki stol atrofida tuz so‘raganingizda: «Qo‘ling yo‘qmi?» Bari aniq: dunyo atrofingizda aylanmaydi, hech kim sizning o‘rningizga biror narsani bajarishga majbur emas. Siz o‘zingiz uchun barini mustaqil amalga oshirishni o‘rganishingiz kerak.

Foto: Unsplash

2.  G‘ururga bog‘lanib qolmasdan o‘z xatolarini tan olish oson 

Ko‘pchiligimiz guldonni sindirganimiz yoki ichimlikni gilamga to‘kib yuborganimizni inkor etganmiz. Ko‘pincha barini uka yoki singlimizga to‘nkaganmiz. Biroq kuchli onalar bizga aybni tan olish va qilgan ishimiz uchun o‘zimiz javob berishimiz kerakligini o‘rgatishgan. Kuchli ona o‘stirgan farzandni aynan shu jihatdan bilib olish oson.

3.  O‘zini o‘ziga xos deb his etish.

Chunki kuchli onalar o‘z muhabbatini izhor eta oladi va farzandlarini o‘z orzusi ortidan borishga o‘rgatadi.

4.  Aniq maqsadga ega va uni amalga oshirishga intiladi

Kuchli onalar nafaqat o‘ziga xoslik hissini singdiradi, yana maqsad sari intiluvchan bo‘lishni ham o‘rgatadi. Ular tufayli sizda murakkab maqsad va ularni amalga oshirish uchun kuch paydo bo‘ladi.

5. «Yo‘q» deyish ko‘nikmasi

Ko‘pchilik odamlar ularni yaxshi ko‘rishlari va hurmat qilishlarini istaydilar. Shuning uchun «yo‘q» deyishga cho‘chiydilar, bu asosiy muammolardan biri. Ayrim hollarda begonalar so‘rayotgan manzilni bilmaymiz deyishdan ham qo‘rqamiz. Biroq kuchli ona tarbiya qilgan inson bunday qilishdan qo‘rqmaydi.

6. O‘z-o‘ziga berilgan ideal baho va o‘z-o‘zini hurmat qilish. 

Ona – bu sizni so‘zsiz yaxshi ko‘radigan ilk va balki yagona insondir. U sizga qanday muhabbatga munosib ekaningizni ko‘rsatadi. Kuchli ona sizni o‘z-o‘zingizni sevishga o‘rgatadi. O‘zingiz loyiq bo‘lganidan kamiga rozi bo‘lmaslikni o‘rgatadi.