Suriya hukumati qöşinlari mamlakat şimolidagi Manbij şahriga kirmasliklari kerak. Turkiya TIV rasmiy vakili Hami Aksoy ana şunday bayonot bilan çiqdi.
«Xalq mudofaasi kuçlari» Başar Asad qöşinlarining Manbij şahriga kirişiga yöl qöymasliklari kerak», dedi u.
Bundan taşqari, Aksoy «Suriyadan Amerika qöşinlarining olib çiqib ketilişi «Xalq mudofaasi kuçlari» va «Demokratik ittifoq» partiyasi terrorçilarining foydasiga işlamasligi kerakligini qayd etdi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp ötgan yilning 19 dekabrida Suriyadan AQŞ qöşinlari olib çiqib ketilişini ma'lum qildi. Amerika rasmiylarining sözlariga köra, 2 mingdan ortiq qöşinning olib çiqib ketilişiga 60 kundan 100 kungaça vaqt ketadi.

















