Germaniya taşqi işlar vaziri Xayko Maas Rossiyadan Kerç böğozi orqali kemalar doimiy ravişda erkin ötişini ta'minlaşini talab qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muloqot yakunida u ayni paytda Kerç böğozidan kemalar erkin ötayotganini bildirgandi.

Tages Spiegel naşrining bildirişiça, vazir kemalar erkin ötişini hujjat bilan tasdiqlaş kun tartibida qolayotganini aytgan.

Ötgan yilning 25 noyabrida Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining uçta kemasi Rossiya çegarasini buzgani uçun uşlangandi. Kemalardagi 24 ukrainalik dengizçi Rossiya çegarasini buzişda ayblanib, hibsga olingan.

Ukraina Rossiyaning harakatlarini tajovuzkorlik deb topib, bir qator viloyatlarida 30 kunlik muddatga harbiy vaziyat tartibi kiritgan, Moskva esa voqeani iğvo deb baholagandi.