Gulnora Karimovaning sobiq turmuş örtoği Mansur Maqsudiy Şveytsariyaning Der Bund gazetasiga bergan intervyusida uning Şveytsariyadagi pullariga da'vo qilayotganini bildirdi.

Naşrning ma'lumot berişiça, Maqsudiy amerikalik biznesmen bölib, birinçi prezidentning qizi bilan turmuş qurgan va 10 yil birga yaşagan. Turmuşlari buzilgaç, unga va ukasiga tegişli bölgan Özbekistondagi barça mulklari tortib olingan. Ularning Coca-Cola Bottlers Uzbekistan qöşma korxonasidagi uluşi esa vositaçi firma orqali Şveytsariyadagi Zeromax kompaniyasiga ötkazilgan.

Naşrda qayd etilişiça, bu uning ilk intervyusidir. Bunga qadar u OAV bilan muloqotdan özini olib qoçgan.

Maqsudiy kompaniya Gulnora Karimovaga tegişli bölganini isbotlamoqçi.  

Gulnora Karimova kompaniyada rasman faoliyat olib bormagan. U 2009 yilda «Naşa gazeta»ga bergan intervyusida Zeromax kompaniyasiga aloqasi yöqligini ta'kidlagan.

Eslatib ötamiz, Gulnora Karimova qonun bilan belgilangan tartibda jazo ötaşni davom etmoqda. Özbekiston Boş prokuraturasining ma'lum qilişiça, u 2015 yilning avgustida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 5 yilga şartli ravişda ozodlikdan mahrum etilgan.«Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Karimova özi ayblangan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topildi va unga beş yilga ozodlikni çeklaş tarzidagi jazo belgilangan», deyilgandi Boş prokuratura xabarida.