Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
40 yoshli Pakyao chempionlik kamarini himoya qildi
Filippinlik bokschi Menni Pakyao WBA chempionlik kamarini himoya qilish uchun amerikalik Edriyen Bronerga qarshi jang o‘tkazdi.
AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahridagi MGM Grand arenasida bo‘lib o‘tgan jang 12 raund davom etdi va hakamlar g‘alabani 40 yoshli Pakyaoga berishdi.
Endilikda filippinlik bokschi hisobida 70 jangdagi 61 g‘alaba mavjud (39tasi nokaut bilan). U shuningdek, 7 marta mag‘lub bo‘lgan va 2 bor durang qayd etgan.
Ayni vaqtda 29 yoshda bo‘lgan Broner esa professional boksda 37 jang o‘tkazib, 33 g‘alaba (24tasi nokaut bilan), 3 mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan.
Pakyao 2018 yilning iyulida Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan jangda argentinalik Lukas Matisseni 7-raundda nokautga uchratgan va 66,68 kilogacha vaznda Butunjahon boks assotsiatsiyasining (WBA) muntazam chempioni unvonini qo‘lga kiritgandi.
Shu g‘alabadan keyin filippinlik bokschi 8ta vazn toifasida chempionlik unvonini qo‘lga kirita olgan yagona bokschiga aylangandi.
Mavzuga oid
19:34 / 28.11.2025
Boks bo‘yicha 2026 yilgi jahon kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
19:16 / 18.11.2025
Usik endi mutlaq jahon chempioni emas. U WBO kamarini jangsiz topshirdi
22:27 / 19.10.2025
Mujibillo Tursunov WBC Gran-pri musobaqasi finaliga chiqdi
10:10 / 07.10.2025