Xalqaro havaskorlik boksi uyuşmasi (AIBA) ijroçi direktori Tom Virjyets Xalqaro Olimpiya qömitasini (XOQ) 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi uçun saralaş musobaqalari böyiça yakuniy qarorni tezroq qabul qilişga çaqirdi. R-Sport xabariga köra, u buni keçiktiriş tayyorlaniş rejasini tuzişi kerak bölgan sportçilarga zarar yetkazayotganini qayd etib ötgan.

2018 yilning noyabr oyi oxirida Xalqaro Olimpiya qömitasi ijroiya qömitasi Tokioda 2020 yilda ötuvçi yozgi Olimpiadada boks musobaqasini ötkaziş böyiça rejalarni muzlatib qöygandi. Qaror doirasida AIBA’ni moliyalaştiriş, çiptalar sotiş, kvalifikatsiya va saralaş tizimini tasdiqlaş va tatbiq qiliş töxtatib qöyilgandi.

Bu qaror Xalqaro havaskorlik boksi uyuşmasiga (AIBA) nisbatan olib borilayotgan tergov va uning amaldagi rahbariyatidan norozilik bilan boğlangandi. Xususan, XOQ AIBA rahbari lavozimiga AQŞ moliya vazirligi sanksiyalari ostiga tuşgan Ğofur Rahimovning saylanganidan norozi bölgandi.

«Biz XOQ bilan hamkorlik qilişga va ularni taşvişlantirayotgan barça savollarga javob berişga tayyormiz. Biz yuzaga kelgan holatni jiddiy qabul qilamiz va XOQ qöygan talablarni bajarişga harakat qilamiz.

Biz avval ham tergov komissiyasining rahbariga aytganimizdek, uçraşuv taşkillaştirilişi va oçiq tinglov bölişini kutmoqdamiz. Umid qilamizki, kelgusida bu jarayon tezlaşadi. Bugungi kunda boksçilarimiz kelajak mavhumligi tufayli jabr çekişmoqda, ular qaçon, qayerda va qanday tartibda saralaş ötkazilişini bila olişmayapti. Sportçilarga bunday munosabatda böliş töğri emas, ularning manfaati hamişa ustuvor bölişi kerak», – degan Tom Virjyets.