Terroristik, ekstremistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilot va guruhlar tarkibiga adaşib kirib qolgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etiş işlari böyiça maxsus komissiya tuzildi va u faoliyatini boşlagan. Bu haqda Kun.uz muxbiri Boş prokuratura vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Boş prokuratura boşqarma boşliği Sardor Karimovning aytişiça, yuqorida tasniflangan guruhlar faoliyatiga aralaşib qolgan şaxslar bilan har yönalişda profilaktika işi bir xil davom etmoqda.

«Oxirgi ikki yilda faoliyati taqiqlangan taşkilotlardagi iştiroki uçun sudlanib, jazoni ötayotgan şaxslar soni jami 100 foizdan 30 foizga kamaydi. Bunga oqlov, afv etiş yöllari hamda ularga qöyilgan sun'iy ayblovlarni olib taşlaş bilan erişilmoqda. Bularni inkor etmaymiz, bu (sun'iy ayblovlar e'lon qilinişi – tahr.) ham bölgan. Lekin oxirgi 1,5 yil davomida, bunaqa holatlarga yöl qöyilmayotganini şu sohani nazorat qilayotgan boşqarma boşliği sifatida ta'kidlab ötmoqçiman.

Mahkumlarga nisbatan sun'iy ravişda intizomiy javobgarlik  qöllangan, ularning yengillaştirilgan tizimga ötkaziş masalasida taqiq bölgan. Bu holatlarga ham töliq barham berildi», – deydi u. 

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, jazoni ötayotgan 3 ming 333 nafar, jumladan, faoliyati ma'n etilgan taşkilotlarga kirib qolgan 646 nafar mahkum afv etilib, oilasi bağriga qaytarildi. 2018 yilda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölib, tuzaliş yöliga qat'iy ötgan va ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötagan 136 nafar şaxs afv etildi. Ularning 41 nafari aynan faoliyati taqiqlangan taşkilotlar tarkibida bölgandi.

Ma'lumot uçun, sönggi ikki yilda 5 ming 462 nafar şaxsga nisbatan tergovda asossiz qöyilgan moddalar ayblovdan çiqarib taşlandi, 2 ming 449 nafar şaxs esa sud zalidan ozod qilindi.