Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasi va 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

“Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish loyihalarini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

1.    “Aqlli transport”

“Aqlli transport” yo‘nalishida texnologik yechimlarni joriy qilish orqali quyidagilar ko‘zda tutiladi:

yo‘l harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish va transportlar oqimi ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, shu jumladan real vaqt rejimida harakat shartlarini monitoring qilish;

jamoat transportini boshqarishni dasturiy ta'minlash; yo‘l harakati qatnashchilariga avtomatlashtirilgan tizim orqali yo‘ldagi sharoitlar va vaziyatlar, jamoat transportining harakat jadvallari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yetkazish;

jamoat transportida xavfsizlik tizimlari;

axborot uzatish texnologiyalarini, ya'ni ma'lumotlarni to‘plash va saqlash joyiga uzatishni ta'minlaydigan 5G standartiga mos keluvchi aloqa vositalarini va bajaruvchi qurilmalarni, keng qamrovli Internet tarmog‘i va boshqa elementlarni joriy etish;

“Aqlli shahar” uchun Internet tarmog‘ining shahar platformalarini joriy qilish;

transportlarni joylashtirish uchun bo‘sh joylar va ularning uzoqligini aniqlovchi “Aqlli joylashtirish” texnologiyasi;

avtomobil va yo‘llardan foydalanish uchun elektron to‘lov tizimlari;

yo‘lovchilarni tashish holatini uzluksiz monitoring qilish;

geoaxborot texnologiyalari va navigatsiya.

2.    “Aqlli ta'lim”

“Aqlli ta'lim” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

o‘quvchilarni sinab ko‘rish imkoniyati bilan sun'iy intellekt bazasida ta'lim berish tizimi;

shaxsni intellektual aniqlash tizimi;

masofaviy ta'lim va elektron o‘qitish;

ta'limning barcha bosqichlarini qamrab olgan elektron jurnallar;