Tarixda ilk bor BAAning Etihad Airways aviakompaniyasining Boeing 787 Dreamliner yölovçi samolyoti solerosdan tayyorlangan bioyonilğida köp soatlik parvozni amalga oşirdi. Bu haqda N+1 naşri ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinişiça, layner yonilği baklari odatdagi aviatsiya yonilğisi va solerosdan tayyorlangan bioyonilğining birga bir nisbatdagi aralaşmasi bilan töldirilgan. Samolyot bu aralaşmada Abu-Dabidan Amsterdamga parvoz qilgan va havoda 7 soatdan köproq vaqt bölgan.

Ta'kidlanişiça, laynerning parvozi töliq muvaffaqiyatli deb tan olingan. Laynerning dvigatellari yoki yonilği tizimini kerosin va bioyonilği aralaşma bilan töldiriş uçun özgartirişga töğri kelmagan.

Bioyonilği Masdardagi (Abu-Dabi) ISEAS korxonasi tomonidan işlab çiqarilgan. Bu loyiha Boeing, Etihad Airways, Honeywell UOP, General Electric, Safran va Takreer kompaniyalari tomonidan birgalikda moliyalaştiriladi. 

Soleros dengiz sohilida kuçli şörlangan, boşqa ösimliklar ösa olmaydigan yerlarda ösa oladigan ösimlik hisoblanadi.