Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu aybini tan oldi. Sud unga hukm chiqardi
Bugun, 22 yanvar kuni Madridda «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ustidan sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Futbolchi 2011 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan muddatda moliyaviy jinoyatlarga qo‘l urganini tan oldi.
Football Italia nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi 23 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. Ammo Ispaniya qonunchiligiga ko‘ra, bu muddat 2 yildan kam bo‘lgani tufayli Ronaldu bu muddatni qamoqxonada o‘tamaydi.
Forvard shuningdek, 18,8 mln yevro miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘lgan. Muqaddam u Ispaniya g‘aznasiga 13,4 million yevroni qaytargandi.
Tergov ma'lumotiga ko‘ra, Ronaldu Ispaniyada, «Real» safida to‘p surganida 4 holatda soliqlarni to‘lashdan qochgan va davlatga jami 14,7 mln yevro miqdorida zarar keltirgan.
Ronaldu o‘tgan mavsumda «Real» safida turli darajadagi turnirlarda 44 uchrashuvda maydonga tushib, 44 gol urgan va 8 golga uzatma bergan. 2018 yil yozida u «Yuventus»ga transfer qilingandi.
Mavzuga oid
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026
JChda 10-kun. Germaniyada kambek, Kyurasaoda sensatsiya, portugallar lagerida mojaro
12:37 / 18.06.2026