Joriy yilning 23 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Buxoro viloyat Vobkent tuman sudida Uçqun Şaropov, Umrzoq Yaxşiyev, Sarvar Narzullayev, Bobur Toşev va Namoz Roziqovlarning işi yuzasidan sud jarayoni boşlandi.

Ular Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-moddasi 4-qismi ”a, b” bandlari (“Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar körsatiş natijasida odamlar ölimi va oğir oqibatlarga olib keliş), 228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (Bir guruh şaxslar tomonidan takroran hujjatlarni qalbakilaştiriş) va 228-moddasi 3-qismi (hujjatni qalbaki ekanligini bila turib undan foydalaniş) bilan ayblanmoqda.
Sud majlisining dastlabki kunida davlat ayblovçisi tomonidan sudlanuvçilarga nisbatan tuzilgan ayblov xulosasini öqib eşittirib, sudlanuvçilar va jabrlanuvçilarning körsatmalari tinglandi.

Eslatib ötamiz, 2018 yil 18 sentabr kuni soat taxminan 07:30larda ASGTKŞga kelgan fuqaro V.Qobilov boşqaruvidagi “ISUZU” rusumli aholiga transport xizmati körsatuvçi avtobusga belgilangan 200 KPa me'yoridan ortiqça bosimda gaz töldirgan.
Şuningdek, iste'molçilarning hayoti va soğliği xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmat körsatilib, avtomaşinaga örnatilgan gaz balloni yuqori bosimda gaz töldirilişi natijasida, avtobus haydovçisi V.Qobilov şoxobça oldida kutib turgan yölovçilarni avtomaşinaga mindirib, şoxobçadan çiqib, taxminan 1 km.gaça bölgan masofa yurgandan söng, Kogon tumani hududidan ötgan A-380 avtomobil yölining “Kogon-Qorovulbozor” yönalişida harakatlanib ketayotganida, 201-km.da gaz balloni portlagan.

Oqibatda avtobus salonida bölgan yölovçilar N.Jumayeva, G.Roziqova, R.Sa'dulloyeva, F.Ergaşeva voqea joyida, H.Jumayeva Kogon şahar tibbiyot birlaşmasida vafot etgan, haydovçi V.Qobilov oğir, qolgan yölovçilar F.Botirova örtaça oğir, A.Nasulloyev, S.Jöraqulova, M.Jabborova, F.Atoyeva, S.Jöraqulova, M.Sanoyev, V.Ergaşev, G.Roziqova, A.Şoxnazarova, G.Roziqova, X.Örinova, M.Begmurodovalar yengil jarohat olganlar.
Bundan taşqari, avtobus şikastlanişi natijasida uning egasi V.Qobilovga 58 226,2 ming sömlik moddiy zarar yetkazilgan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 sentyabrdagi 763-f-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga köra Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Nodir Otajonov raisligida komissiya tuzildi, u uşbu fojia sodir qilinişiga olib kelgan sabablarni örganiş, vafot etganlar va jarohatlanganlarga har tomonlama yordamlar körsatilişi kerak edi.


















