21 yanvarda Kerç böğozida “Maestro” va “Kandi” tankerlarida çiqqan yonğin oqibatida 16 nafar turkiyalik dengizçi halok böldi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ma'lum qildi.

“Imkoniyatdan foydalanib, Kerç böğozida ikkita kema töqnaşuvi oqibatida dengizçilar halok bölişi munosabati bilan hamdardlik bildirmoqçiman. Ma'lumki, voqeada Turkiyaning 16 fuqarosi halok bölgan”, deb aytgan Erdöğan Rossiya prezidenti  Vladimir Putin bilan Kremldagi uçraşuv oçilişida. 

Erdöğan jabrlanuvçilarni qutqarişda körsatilgan kömak uçun minnatdorçilik bildirgan. 

Şuningdek, voqea oqibatida Hindistonning 6 fuqarosi halok bölgan. Bu haqda Hindiston taşqi işlar vazirligi saytida ma'lum qilingan.

Ma'lum qilinişiça, Hindistonning yana 6 fuqarosi bedarak yöqolgan, 4 fuqarosi qutqarilgan. Ta'kidlanişiça, tankerlarning har birida 8 nafardan hindistonlik bölgan. 

Foto: RIA Novosti

Suyultirilgan gaz ortilgan tankerlarda Qora dengizning neytral suvlarida yonğin çiqqan. Tanzaniya bayroği ostida suzuvçi tankerlar Qrimdagi Takil burnidan 15 dengiz mili uzoqlikda langarda turgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, yonğin bir kemadan ikkinçisiga yonilği ötkazilayotganda yuz bergan.