Rossiya Markaziy harbiy okrugi qöşinlari maşqlari 24 yanvar, payşanba kuni Sibir, Ural va Volgaböyi kabi 15 mintaqada, şuningdek, mamlakatning Qirğiziston va Tojikistondagi harbiy bazasida boşlandi. Bu haqda TASS Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.

Xabar qilinişiça, qöşinlar birgalikda boşlangan qömondonlik-ştab maşğulotlari doirasida öquv trevogasi böyiça kötarilgan.

Aniqlik kiritilişiça, maşğulotlar davomida qöşinlar köçma dala punktlari hududlariga joylaştiriladi, qöşinlarni barqaror boşqariş masalalarini amaliy rivojlantirişga alohida e'tibor qaratiş rejalaştirilgan.

Ta'kidlanişiça, maşğulotlar avvaldan rejalaştirilgan va şu haftaning oxirigaça davom etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya armiyasi jangovar robotlarni qabul qilib olgandi.