Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesueladagi siyosiy inqiroz ortidan neft narxi oshmoqda
Venesueladagi siyosiy inqiroz rivojlanishi ortidan ushbu mamlakat neft sektoriga AQShning yangi sanksiyalari joriy etilishi ehtimoli jahon bozoridagi neft narxini oshirib yubordi.
Payshanba kuni Brent rusumidagi neft narxi 0,25%ga – bir barrel uchun 61,29 dollargacha oshdi. WTI rusumidagi neft narxi 0,3%ga – bir barrel uchun 52,78 dollargacha oshdi.
Reyter agentligining bildirishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Amerika neft kompaniyalarini Venesueladagi siyosiy vaziyat yomonlashadigan bo‘lsa, ushbu haftadayoq ushbu mamlakatga qarshi neft sanksiyalarini kiritishi haqida ogohlantirgan.
Venesuelada muxolif parlament - Milliy assambleya rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakat prezidenti sifatida e'lon qildi va davlat rahbari sifatida qasamyod qabul qildi.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Guaydoni noqonuniy prezident deb atadi, Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes esa tvitterda mamlakat qurolli kuchlari Guaydoni davlat rahbari deb tan olmasligini yozdi.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026