Venesueladagi töqnaşuvlar qurbonlari soni 16 nafarga yetdi, deb xabar berdi mahalliy OAV. 

Portugesa, Barinas, Taçira, Karakas, Amasonas, Bolivar ştatlarida töqnaşuvlar oqibatida umumiy hisobda 16 kişi halok bölgan, deb xabar berdi La Prensa de Lara sayti.

Venesuelada 21 yanvardan beri ötayotgan norozilik namoyişlaridagi iştirok uçun qölga olinganlar 70 kişidan köproqni taşkil qilmoqda. 

Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaido 23 yanvarda mamlakatda muvaqqat hukumat amal qilişi vaqtida özini mamlakatning vaqtinçalik rahbari deb e'lon qildi. AQŞ Guaidoni prezident deb tan olişini e'lon qilgan va Venesuela prezidenti Nikolas Madurodan muxolifatga qarşi kuç işlatmaslikni talab qilgan. Maduro özini konstitutsiyaviy prezident deb e'lon qilgan, muxolif parlament rahbari Guaidoni esa “AQŞ qöğirçoği” deb atagan. Ayni vaqtda AQŞdan taşqari, Guaidoning vaqtinçalik prezident maqomini Kanada, Argentina, Braziliya, Çili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay va Peru tan oldi.