Özbekiston içki işlar vazirligi 2018 yilda yöl-transport hodisalarida qança özbekistonlik halok bölganini ma'lum qildi. 

Vazirlik ma'lumotlariga köra, 2018 yilda respublikada YTHlarda 2262 kişi halok bölgan (2017 yilda 2473 kişi, 2018 yilda 8,5 foiz kamroq), 8458 kişi tan jarohati olgan (2017 yilda 9637 kişi, 2018 yilda 12,2 foiz kamroq).

Bundan taşqari, 2018 yilda piyodalar va yöl harakatining boşqa iştirokçilari tomonidan yöl harakati qoidalari buzilişi böyiça 109280 qoidabuzarga nisbatan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksida közda tutilgan çoralar körilgan.