Tramp kelgusi prezidentlik saylovlarida nega muvaffaqiyatsizlikka uchrashi aytildi
AQShda 2020 yilgi prezidentlik saylovlari doirasida saylovoldi poygasi boshlanishidan avval intriga hozircha yo‘q, ovoz berish yakunlari esa allaqachon hal qilingan, deya hisoblaydi The New York Times sharhlovchisi Reychel Baytkofer. U Kristofer Nyuport universitetida siyosiy fanlar professori lavozimini egallaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp keyingi saylovlarda yutqazadi, deb yozadi muallif. Amerikaliklarning «siyosiy xatti-harakati»da yuz bergan o‘zgarishlar saylovlarni yakuni avvaldan taxmin qilish oson bo‘lgan narsaga aylantirdi, deya ta'kidlaydi u.
Biroq, elektoratda yuz bergan qutblashishning eng muhim tomoni e'tibordan chetda qoldi: teskari sodiqlik. Bunday saylovchilar partiyani mehr bilan emas, balki unga muxolif bo‘lgan partiyaga nafrat tufayli qo‘llab-quvvatlaydi. Teskari sodiqlik, ayniqsa, prezidentga muxolif bo‘lgan partiya uchun foydali, deya ta'kidlaydi sharhlovchi. Bu esa, demokratik partiya 2018 yilgi oraliq saylovlardagi muvaffaqiyatdan keyin Oq uyga yo‘l barpo etish bo‘yicha barcha imkoniyatlarga egaligini anglatadi.
Muallif qayd etishicha, Trampning saylovoldi poygasi arafasida o‘z elektorati asosini mustahkamlash bo‘yicha urinishlari demokratlar poydevorini ham avtomatik tarzda oshiradi.
Tramp ma'muriyatidan kelayotgan tahdidlar oldida qo‘rquvga ega bo‘lgan saylovchilar, - demokratlarning asosi - Tramp birinchi marta saylanganidan keyin paydo bo‘lishdi hamda amaldagi davlat rahbari keltirib chiqarayotgan xatarlar yo‘qolmas ekan, ular ham qoladi, deyiladi materialda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq WP AQSh respublikachilar partiyasi nimaga aylanganini so‘zlab bergandi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024