Venesuela taşqi işlar vaziri Xorxe Arresaning bildirişiça, agar Ğarb muxolifat yetakçisi Xuan Guaydoni tan olsa, unda siyosatçi Qöşma Ştatlarda muzlatib qöyilgan mamlakat moliyaviy aktivlaridan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi. Vazirning sözlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.

Arresaning aytişiça, muxolifat va AQŞning «rejasi» aynan şundan iborat.

«Venesueladagi siyosiy muxolifatda ham, AQŞda ham, baribir moliyaviy manfaatlar mavjud. Ular Venesuela boyliklariga qöllarini tiqişni xohlaşmoqda», - dedi Arresa.

Vazirning qöşimça qilişiça, bu birinçi navbatda Venesuela neftiga tegişli. Arresaning xulosa qilişiça, muxolifat va AQŞ qonunlarni çetlab ötgan holda moliyaviy aktivlarni egallab olişga harakat qiladi.

Öz navbatida, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning mamlakat oliy sudi oldidagi nutqida ma'lum qilişiça, u öz muddati tugagunga qadar lavozimida qoliş niyatida. 

Nikolas Maduro
Foto: Getty Images

Maduroning qayd etişiça, 2025 yilgaça mamlakat yetakçisi vazifalarini bajarişga qasamyod qilgan. Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, «fuqarolik jamiyati va harbiylar» unga öz lavozimida yordam beryapti.

«Men Venesuelada adolat tantana qilişini, tinçlik bölişini, sotsial davlat hurmat qilinişini sörayman», - dedi Maduro.

Uning xulosa qilişiça, «adolat» «respublika va vatanni» saqlab qolişga yordam beradi.

AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning The Laura Ingraham Show dasturida ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar öz diplomatlarini Venesuelada himoya qiliş uçun barça zarur çoralarni körişi mumkin. Davlat kotibi intervyusining stenogrammasi Davlat departamenti saytida e'lon qilindi.

Mayk Pompeo