Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada to‘g‘on o‘pirilishi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Braziliya janubi-sharqida to‘g‘on o‘pirilishi sababli Minas-Jyerays shtatida uch kunlik motam e'lon qilindi. Bu haqda Globo gazetasi xabar bermoqda.
Gazetaning yozishicha, mazkur halokat oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 9 kishiga yetgan, 300dan 350gacha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, halokat yuz bergan hududda 427 kishi bo‘lgan, 279 kishi tirik holda topilgan. Mahalliy OAV kamida 50 kishi halok bo‘lganini xabar qilgan.
Juma kuni Brumadinyu munitsipaliteti hududida to‘g‘on o‘pirilishi natijasida ma'muriy binolar va aholi uylari balchiq ostida qolgan.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026