Melburnda erkaklar örtasida Australian Open finali bölib ötdi. Unda jahonning birinçi raqamli raketkasi, serbiyalik Novak Jokoviç uç set davom etgan (2 soat) bahsda turnirga ikkinçi raqam ostida saralangan ispaniyalik Rafael Nadaldan ustun keldi – 6:3, 6:2, 6:3.
Şu tariqa, Jokoviç Avstraliya Oçiq çempionati tarixida 7 marta çempion bölgan yagona sportçiga aylandi.
Bundan taşqari, Melburndagi ğalaba evaziga Novak «Katta dubulğa» turkumidagi turnirlarda qölga kiritgan sovrinlari sonini 15taga yetkazib, bu borada ham peşqadam bölib oldi. Bu borada eng yaxşi birinçi va ikkinçi natijalar Rodjyer Federer (20) va Rafael Nadalga (17) tegişli hisoblanadi.
Nadal yarim finalda Stefanos Tsitsipasni mağlub etgandi (gretsiyalik bu tennisçi nimçorak finalda turnirning amaldagi ğolibi Rodjyer Federerni uyiga erta jönatgandi), serbiyalik tennisçi esa final ostonasida fransiyalik Lyuka Puini taslim qilgandi.
Qayd etiş kerakki, bu Jokoviç va Nadalning özaro 53-töqnaşuvi böldi (bu borada bu juftlik yetakçi, ikkinçi örinda Jokoviç va Federer töqnaşuvi - 48 marta). Bugungi ğalabadan keyin Jokoviç Nadalni 28-25 hisobida ortda qoldirmoqda.

E'tiborli tomoni, Melburnda, Avstraliya Oçiq çempionati doirasida Rafael va Novak faqat bir marta uçraşgan, bu 2012 yilgi finalga töğri keladi, öşanda ham serbiyalik tennisçi qariyb 6 soat davom etgan bahsda ustun kelgandi.
Bugungi final Nadal uçun «Katta dubulğa» turkumidagi turnirlarda 25-final böldi, Jokoviç uçun esa – 24-final.
Qayd etiş kerakki, Jokoviç va Nadal ikkisi bir bölib «Katta dubulğa» turkumidagi turnirlarning oxirgi 35tasidan 24tasida ğolib çiqişgan.
2018 yilda Avstraliya Oçiq çempionatida finalda xorvatiyalik Marin Çiliçdan ustun kelgan şveysariyalik Rodjyer Federer çempion bölgandi.
Australian Open
Melburn, Avstraliya
14 – 27 yanvar
«Katta dubulğa» turniri
Sovrin jamğarmasi – 60 000 000 Avstraliya dollari

















