“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida taşkilot va idoralarda qoğozni tejaş hamda elektron hujjat aylaniş tizimini takomillaştiriş haqida petitsiya paydo böldi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 22 iyuldagi № 155-sonli “Respublikada qoğozni tejaş va undan oqilona foydalanişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilingan. Bugungi kunda davlat idoralarida elektron hujjat aylaniş borasida köplab hujjatlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda. 

“Biroq, ayrim holatlarda kelib tuşgan elektron hujjat qoğozga çiqarilib, uşbu qoğoz ijrosi ta'minlangandan keyin yana qoğozga çop etib, tasdiqlangan holda skanerdan ötkazişga töğri kelmoqda. Bitta kelib tuşgan elektron hujjat agar bir varaq bölsa, uning çiqariş va ijro etiş uçun ikki dona qoğoz işlatilmoqda. Agarda kelib tuşgan elektron hujjat 10 varaq bölsa, buning uçun 20 dona qoğoz işlatilişi tabiiy”, - deyiladi murojaatda.

Respublika böyiça faoliyat körsatayotgan idoralar va korxonalarda bunday qoğoz sarfini hisoblab körilsa, qança qoğoz sarflanişini biliş qiyin emas. Şuningdek, printerlarga möljallangan qoğoz çetdan mamlakatimizga import qilinişini inobatga olsak, bu taklif valuta mablağlarini tejaşga ham xizmat qiladi, deb yozadi petitsiya muallifi.

“Şu sababdan, idoralarda elektron hujjat aylaniş tizimini yanada takomillaştiriş, yani qoğoz sarfini keskin kamaytiriş borasida aniq tizimga ötiş yoki qoğoz sarfini aniq maqsadli hujjatlar uçun işlatiş, bu boradagi islohotlarni qaytadan körib çiqiş lozim. Elektron hujjat aylaniş tizimiga ötişni keçiktirayotgan taşkilotlar va idoralarga nisbatan qat'iy çoralar köriş kerak”, - deyilgan murojaatda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda suvni içimlik suvi va texnik suvga ajratiş taklif etilgandi.