Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos Toşkentga yetib keldi. U uçgan samolyot soat 09:30da Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportiga qöngan.

Taşrif rejasiga köra, soat 12:00da yoş futbolçilar uçun ÖFA maydonida master-klass taşkil etiladi. Keyin şu yerning özida faxriy futbolçilar iştirokida örtoqlik öyini bölib ötadi. Uçraşuv 10 daqiqadan 2ta taym davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda töp suradi.

Soat 15:00da Roberto Karlos A.P.Xlebuşkina nomidagi Mehribonlik uyiga taşrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvçilar bilan uçraşadi va ularga sovğalar taqdim qiladi. Soat 16:00da esa Milliy olimpiya qömitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani taşkil etiladi. 

Foto: ÖFA

Eslatib ötamiz, 45 yoşli sobiq futbolçi Braziliya terma jamoasi bilan JÇ-2002da boş sovrin sohibi bölgan, JÇ-1998da esa kumuş medal egasiga aylangan. «Real» safida esa uç marotaba Çempionlar ligasi ğolibi bölib, YeÇLda yuzdan ortiq öyinda maydonga tuşgan.