Eski tizim absurdlari. Özbekistonga 2019 yilda qanday islohotlar kerak?
|17:30 / 29.01.201963 42519 min
Kun.uz muxbiri Şokir Şaripovning Iqtisodiy yuksalişga kömaklaşiş markazi (CED) direktori Yuliy Yusupov bilan suhbatining törtinçi qismini e'tiboringizga havola etamiz.
Şokir Şaripov: — 2018 yildan nimalarni kutgan edingiz?
Yuliy Yusupov: — Nazarimda, 2017 yilda bizda muhim özgarişlar yuz berdi. Avvalo, valuta bozori erkinlaştirildi. Öşanda tuşunarli böldiki, islohotlar ötkazilişi muqarrar. Nega? Çunki, bungaça mavjud bölgan valuta rejimi — eski rejimning sterjeni edi. U rejimni mahkam uşlab turardi. Qolgan barça institutlar va qoidalar konvertatsiya rejimiga boğliq edi. Ana şu sterjenni çiqarib taşlaganimiz, konvertatsiya rejimini özgartirib, erkin bozor joriy etganimizdan söng eski tizimning ğiştlari bittalab titila boşladi. Hokimiyat buni istadimi yöqmi, u islohot ötkazişga majbur böldi.
Şuning uçun men 2018 yilda islohotlar davom ettirilişini kutgan edim. Avvalo, soliq islohotidan katta umid qilayotgan edim. Eslayman, 2018 yildagi maqolalarimdan biri «2018 yil soliq islohotlari yili bölişi kerak», deb nomlangan edi. Men şuningdek, ma'muriy islohotlarni ham kutgan edim. Boz ustiga, 2018 yil boşida ma'muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilingan edi. Juz'iy özgarişlarga muhtoj agrar islohotlar ötkazilişidan ham umidvor edim. Çunki agrar sektor bizda eng köp tartibga solinadigan soha. U yerda bozor munosabatlari suv va havodek zarur.
Mavzuga oid
Men 2017 yilda boşlangan bank islohotiga ham umid boğlagan edim. Şuningdek, taşqi iqtisodiy faoliyat sohasida keyingi islohotlarga.
Agar siz men kutgan narsalardan qay biri amalga oşdi, deb sörasangiz, avvalo, soliq islohoti derdim, çunki soliq islohoti konsepsiyasi qabul qilindi. U ançalik qat'iy va keskin. Bizning konsepsiyamiz ma'lum bir darajada gruzinlar amalga oşirgan işni takrorlamoqda. Agar menga yil boşida bu konsepsiyani körsatişganida men qattiq taajjubga tuşgan bölar edim, men hukumatimizdan bunaqasini kutmagandim, oçiği, ança yomonroq bölsa kerak, deb öylagandim. Lekin ançayin inqilobiy konsepsiya işlab çiqildi. Lekin qabul qilingani — birmunça yomonlaşgan variant. Dastlabki versiya ança inqilobiy bölgani uçun keyingisidan biroz hafsalam pir böldi.
Konsepsiyani qabul qiliş boşqa iş, hali uni amalga oşiriş ham kerak. Umuman, asosiy narsalar yanvardan boşlab amaliyotga tatbiq etildi. Lekin konsepsiyada 1 dekabrda Soliq kodeksining yangi varianti taqdim etiladi, deb yozilgan, bu sodir bölmadi. Uni bahorgaça keçiktirişdi. Endi mavjud Soliq kodeksiga ayrim özgartirişlar kiritilmoqda. Va bu hol soliq islohotining ijobiy natijalarini çeklaydi. Ya'ni, bajarilişi kerak bölgan işlarning hammasi ham bajarilmadi. Garçi, konsepsiyaning özi yaxşi ma'noda keskin xarakterga ega bölsa-da.
Bank sektori islohoti böyiça ham köp işlar amalga oşirildi. Tadbirkor sifatida men konsalting xizmatini körsataman. Banklarimiz bilan işlay turib qanday muammolarga duç kelganimni eslayman, buni har qanday işbilarmon ham hikoya qilib bera oladi — bu qandaydir aql bovar qilmas hol edi. Bankka borib doimo asabiylaşib çiqardingiz. Boz ustiga, son-sanoqsiz bema'ni çeklov, taqiqlarning barçasi Markaziy bank tomonidan örnatilgan edi. Hozir ulkan özgarişlar sodir böldi, ular sirtdan ham, bankdagi iş bilan töqnaş kelganingizda içkaridan ham yaqqol namoyon bölmoqda. Men hozirgi va bundan beş yil avvalgi holatni taqqoslayapman. Farqi — yer bilan osmonça. Ya'ni, bank sektorida islohotlar bormoqda, garçi hali u yerda qilinadigan işlar juda köp bölsa-da.
2017 yilda boşlangan taşqi iqtisodiy faoliyatni erkinlaştiriş ham sekin-asta ilgarilamoqda va bu yerda ham katta muvaffaqiyatlarga erişilgan. Ayniqsa, eksportni erkinlaştiriş qismida. Import böyiça, taassufki, siljiş juda kam. Menga çegaradan avtomobil transporti vositasida yuk olib kiriş naqadar qiyinligini gapirib berişdi. Bu dahşat! U yerda ulkan, boz ustiga, sun'iy yaratilgan navbatlar, pul ta'ma qilişlar röy bermoqda. Ya'ni, bu yerda muammolar hali juda köp.
Yilning umidni puçga çiqargan ikki hodisasi — bu kutilgan, lekin amalga oşirilmagan işlar böldi. Bu ma'muriy va agrar islohotlar. Bu sohalarda, afsuski, heç qanday siljiş közga taşlanmadi.
— Qişloq xöjaligini rivojlantirib, farovon yaşayotgan ayrim mamlakatlar tajribasi ma'lum. Nega uni özlaştirmayapmiz?
— Buning uçun islohotlar ötkaziş kerak. Bizda qişloq xöjaligining asosiy muammolari tuxumdan tortib paxtagaça, barçasi davlatga topşirilgan sotsialistik ötmiş — davlat buyurtmasi tizimi bilan boğliq. Kolxoz va sovxozlar davlatga mahsulot yetkazib berişi kerak bölgan. Biz 90-yillar boşida bu tizimdan uzoqlaşa boşladik. Köpgina mahsulotlarga davlat buyurtmasini bekor qildik. Lekin 1996 yilda jadal sanoatlaştiriş yölini tanladik. Öşa yili konvertatsiyani bekor qildik. Hukumatga investitsiyalarga yönaltiriş, sanoatni rivojlantiriş uçun mablağ kerak edi. Oqibatda eng jabr körgan soha qişloq xöjaligi böldi. Resurslar zarur, ularning boş manbasi esa qişloq xöjaligi bölgan va talangan 1930-yillardagi stalinça sanoatlaştiriş davridagidek, bu yerda ham şunga öxşaş hodisa yuz berdi. Paxtaga davlat buyurtmasi bor edi, endi ğallaga ham kiritildi, boz ustiga, reja bajarilişi talab etila boşlandi. Kolxozlar örniga şirkatlar tuzildi. Mohiyat özgarmadi. Keyin şirkatlar tarqatilib, fermerlar paydo buldi. Nega endi fermerlar? Nega Xitoydagidek köpçilikka kam-kamdan emas, bir guruh kişilarga? Çunki bu holda boşqaruv oson, arzon paxtani qölga kiritiş mumkin, uni xorijga sotiş, olingan valutani sanoatlaştiriş maqsadlariga sarflaş mumkin. Biz hozir aynan öşa siyosat tutqunlari bölib turibmiz.
— Bu ham SSSRdan merosmi?
— Bu endi SSSR emas, biz özimiz öylab topgan narsa …
— Lekin öşa-öşa stereotiplar.
— Lekin u nimagadir bizdagi boşlarni tark etmayapti. Boşqa mamlakatlar undan voz keçib bölişgan. Hozir nimaga egamiz? Bizda yerning katta qismi fermer xöjaliklariga tegişli. Ular paxta va ğalla böyiça davlat buyurtmasini bajarişi kerak. Davlat bu fermerlarni doimo zöriqiş ostida, «agar rejani bajara olmasang yeringni tortib olamiz», degan tahdid ostida uşlab turadi. Bu yerdan ikkinçi muammo kelib çiqadi — mulk huquqining himoyalanmaganligi. Fermerlarimiz özlarini öşa yerning egasi sifatida his qilişmaydi. Çunki istalgan onda ularning yerini tortib olişlari mumkin.
Bu yerning unumdorligida juda yomon aks etadi, fermerlar yerga investitsiya kiritmaydi, çunki ular özlarini ega sifatida his etişmaydi. Şuning uçun islohotlarning boş sterjeni — davlat buyurtmasidan voz keçiş. Sohani bozor munosabatlariga ötkaziş kerak. Şundagina hokimlarda fermerlarni qiynaşga, ularga yerni tortib oliş bilan tahdid qilişga rağbat tugaydi.
— Siz köp muammolarni xabardor bölmaslikka boğlamayapsizmi? Qişloqdagilarning muammosidan göyoki heç kim xabardor emas. Nazarimda, pastdan yuqoriga jönatilayotgan hisobotlar vaziyatni umuman aks ettirmaydi.
— Bilasizmi, xabardor bölmaslik muammosi borligi tayin. Albatta, yuqoridagilar bexabar juda köp muammolar bor. Asosiy muammolarni yuqoridagilar bilişadi. Lekin asosiy masala bexabarlikda emas, xabardor bölişni istamaslikda. Qiziqişmagan ham. Mening özim köplab hujjatlar yozganman, nafaqat men, boşqa köplab tadqiqotlar ötkazilgan. Özim bir hujjat tayyorlaşda qatnaşganman va oldimizga şunday masala qöyilgan: hukumat davlat buyurtmasini bekor qilmaydi! Biz, kelinglar, unda davlat buyurtmasini takomillaştiriş mexanizmini öylab topaylik, toki hukumat manfaatlariga ham zid bölmasin, fermerlar holatini ham yaxşilasin, deya taklif berdik. Nimalar deyapman-a? Joriy tizim doirasida yer faqat paxta va ğalla yetiştiriş uçun ajratiladi, tamom! Siz esa rejani bajarişingiz kerak.
Rejani-ku bajarasiz, lekin yerni kvotalaş nima uçun? Fermer bu yerlarda nima yetiştirayotganining davlatga qanday farqi bor? Balkim paxta yetiştiriş va rejani bajariş uçun ekin maydonlarining uçdan biriga çigit qadaş yetarlidir. Qolgan yerda u özi uçun daromad keltiradigan boşqa narsa ekar. Ayrim joylarda paxta yetiştiriş mutlaqo befoyda. Fermer bu yerlarda boşqa narsa eksin. Olingan daromaddan yeri paxta ekişga mos fermerdan paxta sotib olsin.
Bir qaraganda, oddiy narsa. Davlat heç narsa yöqotayotgani yöq. Biz köproq mahsulot olamiz, hamma yutadi. Hattoki şu takliflar ham yuqorida heç qanday reaksiya uyğotmadi. Ular heç narsani özgartirişni istaşmadi.
Biz muloqot qilgan aqlli-huşli mansabdorlar ham «biz heç narsa qila olmaymiz», deb yelka qisişgan edi.
— Qişloqlarda abgor manzara hukmron — qişloq aholisi fermerlardan ijaraga olingan yerlarda köplab qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişadi, mahsulot pişib yetilganida köpinça u sotilmasdan çirib ketadi.
— Bu yomon öyin qoidalarining bir misoli. Bozor iqtisodiyotida fermerlar öz mahsuloti realizatsiyasi bilan şuğullanmaydi. Ular hosilni yiğib olişadi, yuk maşinalari dalaning boşidan mahsulotni taşib olib ketişadi. Bozor iqtisodiyotida kooperatsiya tizimi mavjud. Vositaçilik qiluvçi firmalar böladi. Bizda esa vositaçini tahqirlovçi qoidalar bor edi. Dehqonlardan nok va olmani davlat xarid qilmasligi kerak. Bu işni xususiy tijoriy tizimlar amalga oşirişi kerak. Lekin soliq tizimi va imtiyozlar tizimi vositaçini nomuvofiq şaroitga tuşirib qöydi. Fermer öz mahsuloti realizatsiyasi bilan şuğullanişi şart edi. Bu — absurd. Har kim öz işini qilişi kerak. Davlatning özi bu yumuşni bajarmoqçi böldi. Bu yerda samaradorligi çandon yuqori bölgan xususiy sektorni rivojlantiriş örniga, allaqanday kompaniyalar tuzila boşlandi, kamiga ular davlat kompaniyasi bölibgina qolmasdan, narxlarni ham davlat tartibga soladi. Şu sababli kompaniya dehqonlardan gilosni arzonroqqa xarid qila olmaydi. Şu vaqt aytaylik, jahonda gilos narxi tuşib ketdi. Tamom! Kompaniya gilosni xarid ham qila olmaydi, xorijga sota olmaydi ham. Natijada, gilos sotilmaydi. Bu yerda davlat göyoki dehqonlarning dardiga quloq solgandek bölayapti, ammo ularni öz stereotiplari orqali eşitmoqda.
Davlat bu işlar bilan şuğullanmasligi kerak. Davlatni juda köp sohalardan çiqariş kerak. Bozor iqtisodiyotida davlatning ma'lum bir funksiyalari bor. Ayrim öziga xos funksiyalar borki, u öşa yerdagina faol bölmoği kerak. Lekin köplab sektorlarda, xususan qişloq xöjaligida davlatning iştiroki çeklanişi kerak. Bu yerda davlat nima bilan maşğul bölişi kerak? U fan bilan şuğullanişi kerak. Fermerlarga yangi uruğliklar, çorvadorlik uçun vaksinalar masalasida yordam berişi kerak. Moliyaviy sektorni rivojlantirişi kerak, toki fermerlar arzon kreditlar ololsin. Ular öz yerini garov sifatida tika olsin, hozir bunday qila olişmaydi. Mana, davlat nima işlar qilişi kerak, gilos sotişning örniga.
— Siz bilan tan oliş haqida gaplaşgan edik. Demak, hamma ham tan olmagan?
— Detallar böyiça hamma ham tan olmadi.
— Yuliy Batiroviç, joriy yilda amalga oşirilişi kerak bölgan çora-tadbirlarni sanab ötsangiz.
— 2019 yilda islohotlar tezlaşişidan katta umid qilmoqdaman. Çunki şunday islohotlar borki, ularsiz bizga oğir böladi. Uçta asosiy islohot bor. Uçalasi ham öta muhim. Men soliq islohotini gapirmayapman. Konsepsiya bor va umid qilamanki, u amalga oşiriladi. Uning biznes va aholi uçun kamçiqim qilib amalga oşirilişini istardim.
Birinçi asosiy islohot bu — ma'muriy islohot. Konsepsiya qabul qilingan, amalda heç iş qilingani yöq. Uni 2019 yilda ötkaziş juda muhim. Modomiki, biz boşqa islohotlar samarali ötkazilişini istar ekanmiz, davlatning özini boşqatdan qayta quriş kerak. Funksiyalar va iqtisodiyotni yuritiş usullari özgartirilmoği lozim.
Ahamiyati undan kam bölmagan ikkinçi yönaliş — agrar islohot. Siz bilan gaplaşgan narsalarimiz. Davlat buyurtmasidan voz keçiş va mulk huquqini mustahkamlaş kerak.
Köplab yönalişlar, masalan, paxta bozor munosabatlaridan çiqarilgan. Bizda erkin paxta bozori yöq. Bizda uzoq yillar mobaynida iste'molçi korxonalar paxtani valutaga xarid qilib kelişgan. Absurd! Erkin konvertatsiya mavjud bölmagan mamlakatda öz paxtangizni xorijiy valuta evaziga xarid qilasiz. Bu uşbu sektorda neçoğlik absurdlar va samarasiz qoidalar töplanib qolganidan birgina misol.
Bu joydan nafaqat qişloq xöjaligida, boşqa sohalarda ham muammolar kelib çiqadi. Yildan yilga tekstil sanoatini rivojlantiriş haqida gapirib kelmoqdamiz. Lekin, mohiyatan, ip yigiruv sektoridan uyoğiga öta olganimiz yöq. Bu esa aynan erkin paxta bozori yöqligi va agrosanoat kompleksiga davlatning aralaşuvi bilan boğliq.
Men umid qilayotgan uçinçi yönaliş — davlat korxonalari va tabiiy monopoliyalar islohoti. Bizda iqtisodiyot öta monopollaşgan. Umuman olganda, bu ikkisi farqli narsalar: davlat korxonalari va monopollaştiriş, lekin bizda aralaşib ketgan.
Ma'muriy islohot tarmoq darajasida ham ötişi kerak. Çunki eski, sovetça boşqaruv tizimi hamon mavjud. Sobiq vazirliklar konsernlar, aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan, mohiyatan ular öşa-öşa sobiq vazirliklar, sovet davridan farqli ölaroq, endi vazirlik funksiyalarini amalga oşiribgina qolmasdan, biznes bilan ham şuğullanişmoqda. Buni endi sovet davri merosi, deb ham bölmaydi, bu umuman dahşatli bir narsa.
Islohotlarni tarmoq darajasida ham ötkaziş kerak. Sovetça tizim sarqitlarini yöqotiş kerak. Raqobatni rivojlantiriş kerak. Xususiylaştiriş zarur.
Lekin avvalo boşqaruv tizimini özgartirib, raqobatni rivojlantirib, şundan söng xususiylaştirişni ötkaziş kerak. Çunki hozir xususiylaştiriş boşlansa, davlat monopoliyalari örniga xususiy monopoliyalarga ega bölamiz. Buning esa yaxşi tarafi yöq. Bu yönalişlar böyiça ulkan işlar turibdi.
Soliq islohotining asosiy muammolaridan biri — davlat islohot natijasida budjetga tuşumlar kamayib ketişidan çöçimoqda. Bu holda pensiya, stipendiyalar, budjet sohasi xodimlariga maoşlarni tölaş va hokazolarga pul bölmaydi. Lekin ulkan resurs aynan davlat korxonalarida yaşirinib yotibdi, çunki ularning aksariyati hozir soliqlardan ozod qilingan. Ularning köpçiligi foyda olmaydi. Davlatga ham ulardan foyda kam. Davlat ularni sun'iy uşlab turibdi, bizga ularning sifati pastroq mahsulotlari uçun qimmatroq narx tölaşga majburlayapti, çunki u yerda raqobat yöq, davlatning özi esa ulardan deyarli heç vaqo olmaydi. Bu nega kerak? Boz ustiga, bu korxonalarning köpçiligi raqobatbardoş, ularni şunçaki raqobat muhitiga tuşirib qöyilsa bas.
Avtomobilsozlik sektorini olaylik. Avtosanoatimizni 20 yildan ortiqroq himoya qilib keldik. Oyoqqa turib olişiga qöyib beraylik, avtomobil işlab çiqarişni örganişsin, dedik. Şunça yil ötdi. Bizga endi sifati şubha ostida bölgan, eskirgan modeldagi avtomobillarni qimmat narxlarda taklif etişyapti. Xuddi şu kompaniya avtomobillarining xorijda sotiladigan narxlaridan qimmatroq narxda. Bu axir absurd-ku? Bularning barçasiga sabab raqobat yöqligida.
Köpçilik boşqa işlab çiqaruvçilar uçun çegarani oçsak avtosanoatimizni öldirib qöyamiz, deydi. Bu avtosanoatni öldirmaydi. Bu yerda maşinalar butlovçi qismlardan terilmoqda, işçi kuçi arzon, avtosanoat deyarli soliq tölamaydi, elektr energiyasi ham arzon. Nima uçun avtomobillar qimmat bölişi kerak? Qaysi sababdan? Bu — sof monopoliya natijasi. Mikroiqtisodiyot darsligini oling-da, u yerdan monopoliyalarning faoliyati qanday tasvirlanganini öqing. Monopoliyaçilar narxni oşiriş uçun işlab çiqariş hajmini qisqartirişadi. Agar davlat narxni ham nazorat qiladigan bölsa, xarajatlarni oşirişadi. Davlatga: biz arzon sotmaymiz, deb isbotlaş uçun. Monopoliyalarning klassik fe'l-atvori. U yerga kimni boşliq qilib tayinlaşingiz ahamiyatsiz. Har qanday kompaniya, har qanday boşliq monopoliya şaroitida özini aynan şunday tutadi.
Mana, «Feysbuk»da özimizning konfet işlab çiqaruvçilarni ukrainalik hamkasblaridan himoya qiliş kerakmi, degan munozara bölib ötdi: «Mana, bizga Ukraina konfetlarini olib kirişga ruxsat berişdi, mahalliy işlab çiqaruvçilarga qanday zarba böladi bu?!».
Lekin bizning qandolat mahsulotlari işlab çiqaruvçilarimiz doimo raqobat şaroitida işlaşgan. Birinçidan, ular köp. Ikkinçidan, ular doim özaro raqobat qilişadi, bozorlarimizda doimo Rossiya, Qozoğiston va Turkiya konfetlari bölgan. Ularning olib kirilişini çeklaşganda ham ular kontrabanda yöli bilan kirib kelavergan. Şuning şarofati bilan bizda çidasa böladigan narxlarda sotadigan konfet işlab çiqaruvçilar bor. Buning sababi raqobatda.
Agar biz avtosanoatdagidek qilganimizda — çegaralarni xorijiy konfetlarga taqqa-taq yopib qöyganimizda — biz bir yarim barobar qimmatroq va sifatsizroq konfetlar xarid qila boşlardik. Raqobatga rahmat aytiş kerak.
Avtosanoatda ham ahvol şunday. Çegaralarni oçing, normal bojxona tölovlarini joriy eting — hozirgidek 100 foiz emas, aytaylik, 30 foiz. Budjet ham tuşumga ega böladi. Hozir budjetga heç narsa tuşmayapti, amalda yöq qilingan importdan ham, avtosanoatning özidan ham.
Agar bozor boşqa işlab çiqaruvçilarga oçilsa, budjetga tuşumlar paydo böladi, avtosanoatimiz ham raqobatga kirişib, xarajatlarni kamaytirib, narxlarni pasaytirib, sifatni oşira boşlaydi. Raqobatsiz, hozir ularni koyib, yaxşi böliş uçun yana 5 yil muddat beriş — mutlaqo bema'ni maşğulot. Çunki taşqi stimullar bölmasa, işlab çiqaruvçini heç kim sifatni oşirib, xarajatlarni kamaytirib, iste'molçi uçun işlaşga majburlay olmaydi.
Nazarimda, joriy yilda amalga oşirilişi kerak bölgan asosiy uçta islohot mana şu. Aslida, avval aytib ötganimdek, islohotlar hamma joyda kerak. Ta'lim tizimida ham, pensiya islohoti ham, budjet islohoti ham, bank islohotini ham davom ettiriş kerak, import erkinlaştirilmoği lozim va hokazo va şu kabilar. Islohot hamma joyda kerak.
Lekin mana şu uç islohot — eng ustuvori. Bu islohotlar qolganlarini ham tortib çiqaradi.