Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi 2019 yilgi jamoa şartnomasining yangilangan namunali maketini, şuningdek tarmoq va idoraviy böysunişidan kelib çiqqan holda tuzilgan hujjatlarning maketlarini taqdim etdi.

Norma’ning yozişiça, jamoa şartnomasi – iş beruvçi bilan korxona xodimlari örtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va professional munosabatlarni tartibga soluvçi normativ hujjat. U, bir tarafdan, xodimlar tomonidan kasaba uyuşmalari yoki özlari vakolat bergan boşqa vakillik organlari orqali, ikkinçi tarafdan – bevosita iş beruvçi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi. Jamoa şartnomasining mazmuni va tuzilişiga oid majburiy elementlar Mehnat kodeksining 37-moddasida körsatilgan.  

Eslatib ötamiz, qonun hujjatlariga, xususan, «Kasaba uyuşmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari töğrisida» va «Mehnatni muhofaza qiliş töğrisida» qonunlarga özgartirişlar kiritilganligi munosabati bilan 2017 yilda Jamoa şartnomasi umumiy maketi qayta körib çiqilgan edi.

Ayni paytda Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi portalida Korxonalar, taşkilotlar va muassasalar uçun jamoa şartnomasining namunali maketi (2019 yil), şuningdek tarmoq va idoraviy böysunişidan kelib çiqqan holda tuzilgan maketlar: soğliqni saqlaş, ta'lim, qişloq xöjaligi, bank sektori, madaniyat va h.k. taqdim etilgan.