“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida viloyatlararo katta magistral yöllarda piyodalar uçun yer usti yöl ötkazgiçlari (köpriklar) quriş töğrisida petitsiya paydo böldi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda respublika viloyatlari va tumanlarini boğlab turuvçi, mintaqa va respublika ahamiyatiga ega bölgan yöllarda avtoulovlar juda ham serqatnov. Sutkaning har soatida qatnovlar deyarli uzilmaydi. Bunday yöllarda transport vositalari uçun belgilangan harakatlaniş tezligi ham şaharlar içki yöllariga nisbatan yuqori. Yöl yoqasida istiqomat qiluvçi aholi uşbu yöllarni kesib ötişga majbur, şuningdek yöllarning barça qismi ham tungi vaqtda yoritilmaydi va tunda transport vositalari tezligi ham odatda yuqori böladi.
“Şu sababli ayniqsa tunda uşbu yöl yoqasida istiqomat qiluvçi aholi katta yöllardan piyodalar yölakçasi orqali ötişga ham qiynaladilar va öz jonlarini xavf ostiga qöyib, yöllarni kesib ötadilar. Buni esa katta yöllarda piyodalar iştirokidagi YTH sonining yildan yilga oşib borayotganligi ham körsatib turibdi”, - deyiladi petitsiyada.
“Şularni inobatga olgan holda viloyatlararo katta yöllarning aholi serqatnov qismlarida piyodalar uçun (xuddi Toşkent şahridagidek) yer usti yöl ötkazgiçlari (köpriklar) qurişni taklif etaman. Uşbu ğoyani amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi IIV, yöl va köprik quriliş kompaniyalari maxsus reja dasturlarni işlab çiqişi va Davlat budjeti, homiylar va xalqaro moliyaviy institutlar hisobidan loyihani moliyalaştiriş manbalarini aniqlaşi zarur. Şuningdek, mahalliy budjet mablağlari hisobidan bunday yöllarning piyodalar kesib ötiş yölakçalarini tungi vaqtlarda yoritilişini ta'minlaş zarur”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda yangi telekanal taşkil qiliş taklif etilgandi.













