Jahon | 12:59 / 31.01.2019
8060
2 daqiqa o‘qiladi

Pinokkio-prezident. «Tramp yaratganning irodasi bilan saylangan»

Foto: Susan Walsh/AP

Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning so‘zlariga ko‘ra, AQShning hozirgi prezidenti Donald Tramp «yaratganning yordami bilan» saylangan.

Bu haqda u xristian telekanallaridan biriga bergan intervyusida aytgan: «O‘ylaymanki, yaratgan bizni turli vaqtda turli vazifalarga chorlaydi va u Donald Trampning prezident bo‘lib saylanishini xohlagan, shunday ham bo‘ldi».

Oq uy matbuot xizmati boshlig‘i prezident Suriyadagi harbiy harakatlarda xristianlar va kurdlarni qo‘llab-quvvatlashini aniq aytganini ta'kidlagan. Sanders Tramp «potensial muammolar»ni inkor qilyapti, deb o‘ylaganlar masalaning «fundamental yechimi»ni tushunmasligidan norozi bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, The Washington Post nashri AQSh prezidenti Donald Trampning yil davomida aytgan yolg‘onlarini hisob-kitob qilib chiqqan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti hukumat tepasiga kelganidan buyon 7600 marta, kuniga esa o‘rtacha 15 marta yolg‘on gapirgan.

Mavzuga oid