Asia Alliance Bank egalari qarzlarini qaytariş uçun öz uluşlarini davlatga berdi. Bu haqda Markaziy bank raisining birinçi örinbosari Timur Işmetov ma'lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.
Davlat şu yilning yanvarida mazkur aksiyadorlik-tijorat bankining 100% aksiyasi egasiga aylangandi.
«Gap şundaki, bank aksionerlari davlat oldida qarzdor edi va ular bu qarzlarni öz mulklari hisobidan tölaşga qaror qilişdi. Biz bu haqda ular öz mulklarini davlat foydasiga qayta rasmiylaştirganlaridan keyin bildik», – dedi u va qanday qarzlar haqida gap borayotganligiga aniqlik kiritmadi.
Işmetovning sözlariga köra, Asia Alliance Bank davlat bankiga aylangani va yaqinda «Poytaxt bank» davlat banki oçilganidan söng bank sektoridagi davlat uluşi 1−2 foizga ösib, 83−84 foizni taşkil etdi.

















